1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Samarqand viloyati toponimikasi va uni o`rganish



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə35/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
1452183509 63273

4. Samarqand viloyati toponimikasi va uni o`rganish
O`zbekiston tarixi kursidagi «Temur davlatining tashkil topishi» deb nomlangan mavzuni o`tish jarayonida Samarqand viloyati kolxoz, sovxoz, qishloq rayonlari toponimikasini o`rganish va undan darsda foydalanishga bag`ishlangan namunaviy dars rejasi.
Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish: b) o`quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O`tilgan mavzu: «XVI asrda madaniyatning rivojlanishi» mavzusi yuzasidan o`qituvchi o`quvchilardan so`raydi, o`tilgan mavzuga qisqacha yakun yasab, yangi mavzuni boshlaydi.
Jom qishlog`i — Samarqand viloyatining Nurobod rayonidagi qishloqning nomi. Bu so`z fors tilidan olingan bo`lib, qadah, metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir. CHunki qishloqning hamma tomoni tog` bilan o`ralgan bo`lib, xuddi jomga, ya`ni kosaga o`xshaydi. Jom deyilishining boisi xam ana shu o`xshashlikdan kelib chiqqan.
Kattaqo`rg`on — Samarqand viloyatiga qarashli shahar. Zarafshon vodiysining tekislik qismida, Narpay arig`ining chap sohilida, dengiz sathidan 485 metr balandlikda joylashgan. Ko`pgina arxeologiyaga oid qazishma ishlari olib borilganligi natijasida Kattaqo`rg`onda ko`pgina ossuariy, ya`ni ostadonlar (sopol tobutlar) topilgan. Tobutda suyaklar, dafn marosimining urf-odatlarini tasvirlovchi rasmlar saqlanib qolgan. Kattaqo`rg`on yaqinida qadimgi Rabinjon shahri qoldiqlari topildi. Rabinjon shahrini XII asrda Xorazm xoni talab, vayron qilgan. Kattaqo`rg`onning eski shahar qismi XVII asrning so`ngida vujudga kelgan. XVIII asrda katta shaharlar qatorida hisoblangan. SHahar qalin paxsa devor bilan o`rab olingan, uning to`rtta darvozasi bo`lgan. SHahar katta bo`lganligi uchun ham Kattaqo`rg`on deb nom olgan.
Nurota — Samarqand viloyatiga qarashli rayonlardan biri bo`lib, shu nom bilan ataluvchi rayon markazidir. Rayon tog` bilan o`ralgan, xushtabiat, go`zal manzarali joydir. Nurota rayonining tashkil topish tarixi haqida ba`zi bir afsonalar saqlanib qolgan. SHu afsonalarga qaraganda, dastlab uning hududida hech kimsa yashamagan. To`rt tomoni tog` bilan o`ralgan, suvsiz bir sahro ekan. Savdogarlarning karvon yo`li shu erdan o`tar ekan. Kunlardan bir kuni karvondan bir chol adashib, qolib ketibdi. CHO`lning jazirama issig`iga dosh berolmay suv izlab ko`p yo`l bosibdi. Oxiri bir baland qirga etib kelibdi. CHol qirning tepasiga chiqib atrofni kuzatibdi. SHunda uning ko`ziga qirning yonida ko`karib turgan bir tutamgina o`t ko`rinibdi. CHol oldin shunday yozning jazirama kunida ko`karib o`sib turgan o`tni ko`rib hayron bo`libdi. Qirdan tushib, o`tga yaqinlashib kelgan sari u namlikni sezibdi. Keyin o`t atrofini qo`li bilan kovlab ko`rgan ekan, ozgina kovlagandan keyin loy chiqibdi. CHol charchashni ham bilmay kovlayveribdi. SHunda kovlagan eridan jimirlab suv chiqibdi. CHol bundan juda ham xursand bo`lib ketibdi. U kovlab suv chiqargan joyning atrofini tosh bilan o`rab, shu erda yashay boshlabdi. Bu erdan o`tayotgan savdogarlar shu qir atrofida to`xtab, bir-ikki kun dam olib suv ichib, keyin ketishadigan bo`libdi. CHolning oti Nur bo`lgan ekan. Undan minnatdor bo`lgan odamlar uni hurmat qilishib Nurota deb murojaat qilishar ekan. SHu-shu suv chiqqan joyga «Nurota bulog`i» deb nom berilibdi. Vaqt o`tishi bilan bu joyga odamlar kelib yashay boshlabdi. Hudud kengayibdi. Bu erga buloq nomi bilan Nurota deb nom berilibdi.
Narpay — Samarqand viloyatiga qarashli rayon. 1926 yili tashkil topgan. Markazi Mirbozor bo`lgan. 1939 yili markaz Oqtosh posyolkasiga ko`chirilgan. Rayon o`rtasidan Narpay arig`i oqib o`tadi. Rayon nomi shu ariq nomi bilan ataladi. Ariq Kattaqo`rg`on suv omboridan boshlanib, Navoiy rayonigacha oqib boradi. Bu ariq dasht joylarni sug`orish uchun qazilgan; chuqurligi 20 metrcha, eni esa 25 metr. Vaqf hujjatlarida ta`kidlanishicha, Narpay so`zi fors tilidan olingan bo`lib, nor-tuya, poy-qadam degan ma`noni anglatadi. YAna bir joyda nor — erkak tuya, demak, poy — katta qadam, ya`ni Katta tuya nomiga qo`yilgan, deyishadi. YAna bir hujjatda shunday deyiladi: ko`chmanchi qabilalarning nor tuyasi yo`qolgan, tuyani shu dashtda o`tlab yurganda topishgan. Bu dasht boshqa dashtlarga qaraganda sero`t, chorva mollarining yashashi uchun qulay bo`lganligi tufayli bu erlarda xalq chorvachilik bilan shug`ullangan. Keyinchalik esa odamlar bu erlarda o`troq holda yashab hayot kechira boshlaganlar.
Narpay tarixiy hujjatlarda va arab geografi ibn Havqal asarlarida Nahri pay shaklida tilga olingan. V. L. Vyatkin vaqf hujjatlarini o`rganib, Sug`dning eng obod qismini sug`orib kelgan bu ariqning nomi aslida Nahri pay ekanligini isbot qildi. Nahri pay (naxr — arabcha «ariq-kanal») — bora-bora Narpay (mahalliy talaffuzda Norpoy) bo`lib ketgan. Sal yuqoridagi Zarafshondan boshlanadigan Payariq arig`i Narpay nomining turkiycha shaklidir.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin