Boyqut — Samarqand viloyati Narpay rayonida boyqut degan urug` bor. Qishloq o`z nomini shu urug` nomidan olgan.
Boldir — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida ham shunday qishloq bor. Boldirdo`ng, tumshuq. Boldir degan etnonim ham bo`lsa kerak. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Bolg`ali — Samarqand viloyati Bulung`ur, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg`om, Paxtakor, Xatirchi rayonlaridagi qishloqlarning nomi. Sirdaryo viloyati Zomin, Forish, G`allaorol rayonlarida ham shu nom bilan ataluvchi qishloqlar mavjud. Qo`ng`irot, qoraxitoy, yuz qabilalari tarkibidagi urug`lardan biri tamg`asi bolg`a shaklida bo`lganidan bolg`ali deb atalgan. Bolg`a, bolg`ali urug`i boshqird, qozoq va boshqa turkiy xalqlar tarkibida ham tilga olinadi.
CHelak — Samarqand viloyati Payariq rayonida joy-lashgan qishloq. Toshkent viloyati Bekobod rayonida ham shunday qishloq bor. CHelak, to`g`risi, chelakli urug`i bo`lgan. Masalan, do`rman qabilasining bir shoxobchasi ko`kchelak deb atalgan. Payariq rayonida Oqchelak degan qishloq bor. Urgut nomlari ko`pincha juft-juft bo`lgan: oq mang`it, qora mang`it, oq qo`yli, qora qo`yli, oq nayman, qora nayman va hokazo. Demak chelak urug`i oq chelak, ko`k chelakka bo`lingan. Ko`rinib turibdiki, mazkur qishloqning nomi urug` nomidan olingan. Hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
Ulus — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq. Ulus so`zining xalq, yurt ma`nolari ham bor: har ulus necha ela va har el necha uymog`a va har uymo haymoq (necha bo`ya) bo`y va urug`ga taqsim qilinur, deb ta`kidlanadi Muhammad an-Narshaxiy asarida. Bu so`zlarning ma`nosidan qat`i nazar, qanjig`ali va qo`shtamg`ali urug`larning bir qismi, dahasi ulus deb atalgan, qishloq shu nomdan olingan.
Xilboshi — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. «Xil» so`zining bir necha ma`nosi bor: nav, tur, zot va hokazo. Bu so`z avlod, toifa, urug`, irsiyat ma`nolarida ham qo`llaniladi. Masalan, qabristonda bir ajdoddan tarqalgan kishilar dafn qilinadigan joy xilxona deyiladi. Tojik, fors, pushtu (afg`on) tillaridan xil so`zi xel shaklida talaffuz qilinadi. Xilboshi yoki Xeylboshi bo`lishi ham mumkin, chunki Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida ham bu so`z Xeylboshi sifatida yozilgan bo`lib, avlodning boshi, urug` boshlig`i demakdir. Qishloq nomi shu so`zdan kelib chiqqan.