Kombinatorikaga doir mustaqil yechish uchun topshiriqlar 1 dan 9 gacha bo`lgan raqamlardan nеchta 5 хоnali sоn tuzish mumkin? Masala yеchimi kоmbinatоrikaning qaysi fоrmulasi bilan ifоdalanadi?
Toprt xil bolt va uch xil gaykadan bittadan olib necha xil juftliklar tuzish mumkin?
«Daftar» so’zidan undosh va unli harflarni necha xil usul bilan tanlab olish mumkin? «Qalam» so’zidan – chi?
2 kitob, 3 daftar va 4 qalam bor. Ulardan bittadan olinib komplektlar tuzilmoqchi. Bu ishni necha xil usul bilan qilish mumkin?
Savatda 10 dona olma va 8 dona nok bor. Vali undan yo olmani, yo nokni oladi, shundan so’ng Noila qolgan mevalardan ham olma, ham nokni oladi. Bunday tanlashlar soni qancha bo’lishi mumkin? Valining qaysi tanlashida Noilaning tanlash imkoni katta bo’ladi?
a, b, v, g, d harflaridan qancha uch harfli so’z tuzish mumkin? Har qaysi so’zda albatta b harfi bo’lishi talab qilinsa-chi?
Sexda 6 ishchi ishlaydi. Ulardan uch kishiga uch turli, ya’ni har bir kishiga bir xildan buyum tayyorlashni necha usul bilan topshirish mumkin?
8 ta har xil kitobdan 3 tasi necha xil usul bilan tanlanishi mumkin?
Futbol jamoasining 11 ta a’zosidan 1 ta darvozabon, 2 ta hujumchi, 2 ta yarim himoyachi necha usul bilan tanlanishi mumkin?
Agar har bir o’quvchiga bittadan ortiq kitob berilmasa, 6 ta kitobni 10 o’quvchiga necha xil usul bilan tarqatish mumkin?