1-topshiriq. “Davlat va din munosabatlarini tartibga solish mode
2-topshiriq.Dinning jamiyatdagi funksiyalarini jadval asosida to‘ldiring.
Funksiyalari
Izohlang
Kompensatorlik
odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.
Integratorlik
individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.
Kommunikativ
U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta'sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Dunyoqarashni shakllantirish
dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma'lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi.
oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash
ba'zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma'lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba'zi ko‘rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e'tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Regulyativ
ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega.