1-topshiriq. “Davlat va din munosabatlarini tartibga solish modellari”ning o‘ziga xos jihatlarini jadval asosida to‘ldiring. (Jadval to‘liq va aniq to‘ldirilishi kerak)
Davlat cherkov –Identifikatsion
Separatsion
Kooperatsion-neytralitet
Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Yevropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida) kuzatishimiz mumkin.
Davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turi AQSh, Fransiya, Niderlandiya mamlakatlarida keng tarqalgan.
Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan.
Mazkur model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Yevropaning ayrim mamlakatlarida hamon davlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga amal qilishmoqda.
Hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davlat maqomiga egadir. Parlament monarxiyasi yagona konstitutsiyaviy hujjatga ega bo‘lmasa-da, mamlakatda diniy tashkilotning o‘rni-mavqei bir qator parlament qonunlari hamda davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi.
Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davlatdan ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda davlat dinni o‘z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi va buni «erkin jamiyatda erkin e’tiqod» degan ibora bilan izohlasa bo‘ladi.
Tarixining boshlanishidan ko‘p konfessiyali davlat bo‘lmish AQShda, bir-birining ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, barcha konfessiyalarga nisbatan davlatning aralashmasligi nazarda tutilgan diniy tashkilotning davlatdan qat’iy ajratilishi prinsipi keng yoyilgan.
Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeli GFRda yaqqol namoyon bo‘lgan. Davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan, davlat-cherkov huquqiga o‘sib chiqdi. XIX asrda Diniy tashkilot tomonidan o‘zini-o‘zi belgilashga bo‘lgan huquqining tan olinishi davlat bilan din o‘rtasida o‘zaro faoliyat doirasining yanada aniq belgilab olinishini belgilab berdi.
Veymar Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat-cherkov munosabatlari sekulyar bo‘lib qolgan davlat bilan cherkov erkinligi o‘rtasidagi muayyan masofa bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» termini bilan atash odat bo‘lgan.
Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarining aksariyatida davlat dini sifatida islom dini e’tirof etilgan bo‘lib, bu haqda ularning nomlarida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘ladi: Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi. Shu bilan birga islom Misr, Iroq, Jazoir, Tunis va Iordaniyada ham davlat dini sifatida e’tirof etilgan.
Diniy tashkilotning davlatdan ajratilishi prinsipi boshqa shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yevropada bunday tizim diniy tashkilotga qarshi kurash jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr davomida Fransiyada davlat-din munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga qadar o‘zgarib, 1905 yildan cherkov davlatdan rasmiy ravishda ajratiladi. Shunga bog‘liq ravishda 1905 yili qabul qilingan qonun quyidagilarni tan oladi:
Vijdon va e’tiqod erkinligi;
Diniy tashkilotlar yoki ularning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini davlat tomonidan tan olinishining taqiqlanishi;
Barcha dinlarga, hech bir istisnosiz teng munosabatda bo‘lish.
Ko‘rib chiqilayotgan model doirasida 1920 yilgi Avstriya konstitutsiyasi ham muayyan qiziqish kasb etadi. Unda ham vijdon va e’tiqod erkinligi to‘la e’tirof etiladi. Avstriyada ham, GFRda bo‘lgani kabi, cherkov davlatdan ajratilmagan. Katolik cherkovi umumdavlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, diniy sohada hukmronlik qiladi va mafkuraviy hayotning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiqod qiluvchilarning tahminan 90% ni katoliklar tashkil etadi.