Reinvestitsiya (re... va investitsiya) — investitsiyalar boʻyicha daromadlar koʻrinishida olingan va i.ch.ni kengaytirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar. Moliyaviy (qimmatli qogʻozlarga qoʻyiladigan) va real (asosiy va aylanma kapitalga qoʻyiladigan) ga boʻlinad
4-TOPSHIRIQ Quyidagi rasmlardagi bo’sh joylarni to’ldiring va izohlang.
*Izoh uchun Qo’yilma obyektiga ko’ra: 1. Real investitsiyalar – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
2. Moliyaviy investitsiyalar - kapitalni to’lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlar joylashtirilishini anglatadi. Investitsiyalashda ishtirok etish 3. To’g’ridan-to’g’ri invetitsiyalar – investorning o’z moliyaviy mablag’larini joylashtirish obyektini tanlash imkoniyatini beradi.
4. Portfel invetitsiyalar – tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondler va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.
Investitsiyalash davriga ko’ra 5. Qisqa muddatli- 1 yilgacha bo’lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar.
6. Uzoq muddatli – 1 yildan ortiq muddatga kiritilladigan investitsiyalar.
Mulkchilik shakliga ko’ra 7. Xususiy investitsiyalash – nodavlat yuridik shaxslarning va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo’yilishini anglatadi.
8. Davlat investitsiyalari – bu davlat tomonidan milliy daromadlarning davlat byudjeti mablag’lari ko’rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mablag’lardir.
9. Qo’shimcha investitsiyalr
10. Xorijiy investitsiyalar – bir davlat yoki xususiy firmalar, kompaniyalar yoki fuqarolarning boshqa bir davlatga yoki tegishli subyektlariga beriladigan investitsiyalardir.
Hududiy bellgisiga ko’ra 11. Tashqi investitsiyalar – bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga qilinadigan investitsiyalar.
12. Ichki investitsiyalar – bir mamlakat hududida amalga oshiriladigan investitsiyalar.