Birinchi-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy
yoʼlini ishlab chiqish:
Ikkinchidan-aholiga ijtimoiy turmush xizmatlarini koʼrsatishning samarli
yoʼllarini ishlab chiqish:
Uchinchi-aholiga nafaqa va imtiyozlar berish, ijtimoiy himoyalash siyo-satini
olib borish.
2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakatdagi Jamoasi
va BMTning rezident bo‘lmagan agentliklari Umumiy Mamlakat Tahlilini (UMT)
yakunladilar; ushbu xujjat BMTning tashkilotlar oilasi tomonidan O‘zbekiston
hukumatini rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida, shu jumladan Barqaror
Rivojlanish Maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan tahliliy
asoslarni belgilab berdi (BRM). Ammo shu vaqtdan beri COVID-19 pandemiyasi
O‘zbekiston jamiyati va iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 2020 yil oxiri va 2021
yil boshlarida iqtisodiy tiklanishning ba’zi bir alomatlariga qaramay, pandemiyaning
o‘zbek jamiyatiga ta’siri juda kuchli bo‘ldi va u hali ham davom etmoqda; COVID-
19 oqibatlarini yumshatish uchun hukumat xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlari
qayta taqsimlanganligi haqida gapirmasak ham, pandemiya nafaqat xalq
salomatligini, balki biznes va savdoni ham qamrab oladi, iqtisodiy o‘sishni
pasaytiradi, ta’lim tizimiga og‘irlik keltiradi, va kambag‘al va marginal
(qasshoklikga tushib qolgan) odamlar sonini ko‘paytiradi.
Shunday sharoitda BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil
boshida kelishilgan asosiy tahlilni qayta ko‘rib chiqishni va COVID-19 tomonidan
yuzaga keltirilgan uzilishlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston oldida turgan
rivojlanish muammolarini jamoaviy tushunishni takomillashtirishni zarur deb bildi.
Shunday qilib, ushbu UMT hukumatning tezkor ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlovchi
tahliliy bazani takomillashtirish istagini hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy
yo‘nalishini tiklash va yaxshilashga yordam berishning uzoq muddatli maqsadini
aks ettiradi.
Shu munosabat bilan, yangilangan UMT, BMT oilasining qiyosiy ustunliklarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonni BRMga erishishda yordam beradigan
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda,
xususan “hech kimni ortda qoldirmaslik” va inson huquqlari - 2030 yil Dasturidagi
ikki ajralmas tamoyilga alohida urg‘u berilayapti. COVID-19 epidemiyasidan
oldingi ta’sirchan taraqqiyot Koronavirusdan oldin O‘zbekistonda jamiyatning
barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ushbu o‘zgarishlar iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilib turdi, bu Sovet davridan keyingi davr uchun xos
bo‘lgan 27 yillik kuchli markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashishni anglatadi.
Ijtimoiy adolatni taʼminlash odil ijtimoiy siyosatning maqsadidir. Tarixan
oʼzini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy
adolatni taʼminlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik soʼzlari bilan hamoxang
boʼlib, u doimo va koʼpchilik tomonidan qoʼllanib keladi. Turli darajadagi
deputatlikka nomzod boʼlgan birorta shaxs ijtimoiy adolat soʼzini chetlab o’ta
olmaydi, doimo uni himoya etish maqsadida soʼz beradi. Ijtimoiy adolat soʼzi nimani
anglatadi va hozir mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat
kanday roʼyobga chikarilmokda. Boshqa hamma ijtimoiy voqelik kabi “ijtimoiy
adolat” tushunchasi tarixiy yaʼni har bir aniq vaziyatda jamiyat taraqqiyoti darajasi
bilan belgilanadi. Xatto Аrastu farovonlik va baxt-saodat tushunchalarini odamlar
oʼzlari olib borayotgan hayotdan tashkil boʼlgan deb toʼgʼri koʼra olgan.
Ijtimoiy sohada bundan buyonga rivojlanishga yangicha nazar tashlash uning
olib boraetgan ahamiyatni toʼla-toʼkis baxolash zarur. Chunki ayni shu sohada
mehnat-kashlarning hayotiy manfaatlariga daxldor boʼlgan iqtisodiy faoliyat
natijalari roʼyobga chikadi. Аyni shu sohada jamiyatning insonparvarlik tabiati
namoyon boʼladi.
Jamiyatda siyosiy hokimiyat amal qilishi, uning chegaralari, qoidalariga
doimiy ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar mavjud. Agar biz siyosiy hokimiyatni-barcha
guruhlar manfaatlari borasidagi doimiy o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta'sirning oliy
ko'rinishi tarzida baholaydigan bo'lsak, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslar
siyosiy hokimiyatning asosiy subyektlari, deb qaralishi lozim bo'ladi. Ammo, shaxs
hayotda turli rollar va turli vazifalarda namoyon bo'lishini yaxshi bilamiz. Masalan,
yigit (qiz) oilada - farzand, o'quv dargohida - talaba, to'garakda - shogird, siyosiy
harakat yoki uyushmada - xayrixoh, faol a'zo yoki yetakchi singari rollarni bajaradi.
U turli maqsad va vazifalar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Bundan tashqari, yosh, jins,
millat, kelib chiqishi, egallayotgan (yoki egallab bo'lgan) kasbiga ko'ra bog'liqliklar
ham mavjud.
Shunday qilib, inson o'z ijtimoiy yoki siyosiy faoliyatini turli guruhlar ichida
olib boradi. Siyosiy fanda ana shu faoliyatlarning hammasi emas, faqat hokimiyatga
qaratilganlarigina o'rganiladi. Deylik, tadbirkor o'z ish faoliyati yuzasidan turli
jamoalar, guruhlar bilan bog'lanadi, ular bilan birgalikda yoki ularga zid ravishda
harakat qiladi. O'z - o'zidan tushunarliki, tadbirkorning bu faoliyati politologik tahlil
obyekti bo'la olmaydi. Ammo, tadbirkor o'z muammolarini siyosiy hokimiyat
orqaligina hal qila oladigan hollar mavjud. Masalan, soliq siyosatini o'zgartirish,
davlat miqyosida u yoki bu qonunni qabul qilish yoki bekor qilish. Bu holda
tadbirkor o'ziga o'xshash boshqa tadbirkorlar bilan uyushadi, yoki agar shunday
uyushma mavjud bo'lsa, unga murojaat etib, hokimiyat organlarida o'z manfaatini
himoya qiluvchi qaror qabul qilinishini talab etadi. Shu tarzdagi bosimni
kuchaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik, mutaxassislar
muhokamaga tortiladi v h.
Siyosatda uyushgan ijtimoiy guruhlar ta'siri samarali, deb hisoblanishi ana
shundan. Tadbirkorning shu tarzdagi faoliyati - bevosita politologik tahlil obyektini
tashkil etadi. Shunday qilib, jamiyatni undagi mavjud ijtimoiy guruhlar yoki
qatlamlar nuqtai nazaridan o'rganish-siyosiy fandagi yana bir muhim yo'nalishlardan
biridir. Jamiyatlar barcha davrlarda ichki bo'lingan.
Taraqqiyot davomida bu bo'linish murakkablashib borib, jamiyatlar bag'rida
yangidan - yangi qatlamlar vujudga kelgan. Ijtimoiy qatlamlarning siyosatdagi
muhim o'rnini allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, buyuk Amir Temur
alohida ta'kidlagan. Jamiyatlarning rivojlanishi bilan bu o'rin yanada mustahkamlandi. Demokratik jamiyatda ijtimoiy guruhlar siyosatning faol subyektiga
aylanadilar. Boshqacha qilib aytganda, demokratik jamiyat o'z manfaatlariga ega
bo'lgan va shu manfaatga erishish uchun faoliyat ko'rsatuvchi turli ijtimoiy
guruhlarning birligidir. Jamiyatni aynan shu tarzda qarash va o'rganish demokratik
an'anaga xosligini yana bir bor ta'kidlaymiz.
Siyosiy tizimlarning ichida faqat demokratiyagina guruhlarning keng siyosiy
ishtiroki, muhokama, murosaga asoslanadi. Demak, "xalq" deb ataluvchi yaxlit
birlik aslida har xil manfaatlar, ehtiyojlarga ega turli ijtimoiy guruhlardan iborat
ekanligi va bu hol qonuniyligi e'tirof etildi. Bu guruhlar jamiyatda tutgan o'rinlari,
ega bo'lgan resurslari, uyushish darajasiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, bu guruhlar
o'rtasidagi farqlar demografik, etnik, konfessional bo'lishi mumkin. Ijtimoiy
qatlamlashuv-o'zaro bog'liq va pog'onalashuv asosida tashkil topgan qatlamlar
birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. Har qanday jamiyatni turli omillarga
asosan turli xil ijtimoiy guruhga bo'lish mumkin.