1-topshiriq. Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat organlarining roli



Yüklə 34,86 Kb.
səhifə5/6
tarix12.06.2023
ölçüsü34,86 Kb.
#129033
1   2   3   4   5   6
1-topshiriq

Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami
umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy
qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar
namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi
uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi.
U yoki bu birliklar oʼrtasidagi munosabat va oʼzaro aloqalar jarayonida har
bir insonning feʼl-atvorini ifoda etuvchi ijtimoiy sifatlari tarkib topadi. Ijtimoiy
munosabatlar har bir individning jamiyatdagi tengligini (yoki notengligini)
ifodalaydi. Bizda shu vaktga kadar jamiyat aʼzolarining hammasi umumxalq boyligi
hisoblangan ishlab chiqarish vositalariga boʼlgan munosabatlardagi tengligi
taʼkidlab kelingan.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaatlarini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini,
kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu
sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi.
Demak, ijtimoiy soha oʼz ichiga ijtimoiy jarayonning hamma qirralarini,
ijtimoiy tizimning obʼektiv shart-sharoitlari va subʼektiv omillarni ijtimoiy va
shaxsiy kizikishlar tuzilmasi hamda ularning murakkab dialektik aloqasini oʼz ichiga
oladi. Ijtimoiy siyosat-jamiyatga siyosiy raxbarlik qilishning shunday
yunalishidirki, u oʼz ichiga qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni
oshirish, ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar,
kollektiv va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi.
Jamiyatni yangilash vazifasi uzoq muddatli,chuqur uylab kurilgan yaxlit ijtimoiy
siyosatga muvofiq kelishi yaʼni ijtimoiy sohaning hamma tomonlarini bir butun
holda oʼz ichiga olgan va xalq ommasining extiejini toʼla kondirish, ularning
faolligini yanada oshirishga qaratilgan boʼlishi kerak.

Yüklə 34,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin