Bilish nazariyasi: muommolari va asosiy yonalishlar



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#100088
  1   2   3
“Falsafa” fanidan


Bilish nazariyasi: muommolari va asosiy yonalishlar


2-MAVZU Borliq - Bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan tortib, inson xayoti, ongi, kishilar faoliyatining barcha ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari, hatto jamiyatda sodir buladigan butun jarayonlardan iborat hamma realliklarni o’z ichiga oladi. Falsafiy kategoriyalar ichida boshlanғich kategoriyadir.


Bilish - insonning o’zining qurshagan dunyoga bo’lgan munosabatlaridan biridir.
Dunyoqarash tushunchasi - Inson uzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo’lib, dunyoni inson ongidagi uziga xos in’ikosidir. Insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bulgan munosabatlarini ifodalaydigan kunikmalari, malakalari, bilimlari xamda dunyoni amaliy va nazariy uzlashtirish hamdir.
Milet maktabi - YUnonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan).
Dialektika - grek tilida baxs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar.

Testlar


1-
2-A
3-V
4-
5-


Taraqqiyot — rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi. Adabiyotlarda taraqqiyotni koʻpincha rivojlanish bilan aynanlashtirib koʻyishadi, aslida u rivojlanish falsafasining bir yoʻnalishidir. Shuningdek, taraqqiyotni ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish maʼnosida qoʻllashadi, bu ham bir yoqlama yondashuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qoʻllaniladi. Odatda rivojlanishning 2 muhim yoʻnalishi boʻlib, biri taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) hisoblanadi. Taraqqiyotni faqatgina jamiyatga qoʻllashning xato jihati shundaki, jamiyatdan tashqaridagi sistemalarda ham yuksalish roʻy beradi. Masalan, muayyan tirik organizmlarning taraqqiyoti, bemordagi kasallikning taraqqiyoti, kimyoviy jarayonning taraqqiyoti va boshqalar. Taraqqiyot nisbiydir. Rivojlanish bir sistema uchun taraqqiyot, boshqa sistema uchun regress boʻlishi mumkin. Masalan, kasallikning rivojlanishi, kasallikni vujudga keltiruvchi viruslar uchun taraqqiyot boʻlsa, bemor organizmi uchun inqiroz (regress) dir. Har qanday sistema oʻzining rivojlanishi mobaynida taraqqiyotni ham, inqirozni ham boshidan kechiradi. Sistemaning ravnaq topishi taraqqiyotni anglatsa, uning yemirilishi esa inqirozni anglatadi. Taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiatga ham, jonli, organik tabiatga ham, jamiyatga, inson tafakkuriga, ruhiyatiga ham xos boʻlgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot mikro, makro, megadunyoda ham sodir boʻladi. Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish roʻy beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulgʻayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin