1-MASHG’ULOT: Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi
1-Topshiriq. Mavzu bo‘yicha o‘z – o‘zini tekshirishga oid savollar: 1. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud?
2. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering.
3. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlaniiga hissa qo‘shgan olimlar.?
4. Psixologiyaning qaysi asosiy metodologik tamoyillarini bilasiz, ularga ta’rif bering?
5. Psixologik tadqiqotning qanday metodlarinin bilasiz, ular nima uchun mo‘ljallangan?
6. Psixologik metodlarni qaysi guruhlarga ajratish mumkin?
7. Qiyosiy metod longityud metodidan, va kuzatish tabiiy tajribadan nimasi bilan farq qiladi?
2-Topshiriq. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing.
Javoblaringizda hammasi to’g’ri degan javob bo‘lmasin
3-Topshiriq. Mavzuni o’qing va konspektlashtiring.
4-Topshiriq. Mavzu bo‘yicha test topshiriqlariga javob bering.
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 1. Psixologiyaning asosiy metodologik tamoyillari sifatida quyidagilar keltiriladi:
a) onglilik va ko‘rgazmalalik tamoyillari;
b) psixofiziologik birlik tamoyillari;
v) onglilik va faoliyat birligi, psixikaning rivoji tamoyillari;
g) ongning ijtimoiy omillarga bog‘liqligi tamoyillari.
2. Psixologiyaning ko‘plab sohalari turli mezonlarga ko‘ra ajratiladi:
a) aniq faoliyat;
b) taraqqiyot;
v) ijtimoiy umumiylik;
g) barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Biror psixologik jarayon yoki shaxsga yaxlitligicha baho berish maqsadida o‘tkaziladigan qisqa standartlashtirilgan psixologik sinov – bu:
a) kuzatish;
b) tajriba;
v) test sinovi;
g) o‘zini kuzatish.
4. Psixologik metodlarga kiradigan uslublar:
a) inson psixikasi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash;
b) kuzatish, testlar, sotsiometriya, tajriba, suhbatlar, anketa to‘ldirish, faoliyat mahsulini o‘rganish;
v) hayvon va inson psixikasini o‘rganish usullari;
g) ma’lumotlarni matematik qayta ishlash, introspeksiya, farazlar, ma’lumotlarni tushuntirish.
5. Hayot yo‘lining turli bosqichlarida psixik taraqqiyotni tahlil qilish imkonini beruvchi davomli va tizimli ravishda kuzatgan holda bir xil odamlarni o‘rganish qanday tadqiqot usuli deb ataladi:
a) pilotaj;
b) longityud;
v) qiyosiy;
g) kompleks.
Mavzu yuzasidan adabiyotlar: “Umumiy psixologiya” P. I. Ivanov, M.E Zufarova “Toshkent” 2021
Hemisda joylangan resursdan foydalanib berilgan topshiriqlarni bajaring.
“Umumiy psixologiya” E. G’oziyev “Toshkent” 2002
Internet saytlari: www.ziyonet.uz – ZiyoNet ta’lim portali www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o’quv yurti sayti www.pedagog.uz – Pedagogika yo’nalishiga oid kitoblar sayti www.tfi.uz – Toshkent moliya instititi o’quv yurti sayti www.tdiu.uz