Keysga savol-vazifa: O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? Aslida o’qituvchi qanday yo’l tutishi kerak edi?
3.Keys bayoni
Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirda tarbiyachi Botirdan o’ziga berilgan she'rni o’qishni so’radi. Botir she'rni tutilib o’qidi. To’qri o’qishga qanchalik harakat qilmasin, ifodali o’qiy olmadi. Tarbiyachi biroz kutib turdi va Botirga “She'rni yod olmabsan! Senga qachon bergan edim. Ertaga oying bilan gaplashaman! Sening ta'ziringni berishim kerakka o’xshaydi”, - dedi. o’rtoqlari kulib yuborishdi.