Keysga savol-vazifa: har ikkala onaning o’z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.
2. Keys bayoni
Adabiyot darsi boshlandi.Hamma o’quvchilar darsga kerakli kitob, daftar, ruchkalarini birin-ketin ola boshladi. O’qituvchi taxtaga ko’rgazmali qurollarni ilayotgan edi. Birdan birinchi partada o’tirgan Dilnoza chinqirib yubordi:” Sumkamdagi pulni o’girlashibdi. Oyim maktabdan qaytayotganda xarid qilishim kerak bo’lgan narsalar ro’yxatini yozib bergan va shunga yarasha pul bergan edilar”. Sinfda g’ala-g’ovur boshlanib ketdi. O’qituvchi darrov jimlikni saqlab: ”Tur o’rningdan Bekzod olgan narsangni qaytarib ber. Sinfda sendan boshqa hech kim bu ishni qilmaydi. Chunki o’grining bolasi o’gri bo’ladi”-deb baqira ketdi. Bekzod hayratlangancha so’z topolmay angrayib turdi-da pulni men olmaganman deya sinfdan yig’lab chiqib ketdi.
Dostları ilə paylaş: |