2-keys O’qituvchining yechimi. Bolani tengdoshlari oldida kulgiga qo’yish pedagogik jiqatdan noto’qri. Fikrlash tezligi sust bo’lgan bolani kulgiga qo’yish, kamsitish bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi.
Bunday holat tez-tez takrorlansa, u qolda bolada tarbiyachiga nisbatan nafrat hissini uyqotadi. Bunday tarbiyachi bolalar orasida do’stona, soqlom muqitni yarata olmaydi.
3-keys Tahlil: psixologik harakteriga ko’ra ayrim bolalar tezkor fikrlay olmaydi yoki biror-bir narsaga baqo berishga ikkilanadi. Tarbiyachi bolalarning harakterini yaxshi bilmaydi, yoki bilsa qam uning muomalasi qo’rs, qo’pol. Bunday tarbiyachining xatti- harakatlari bolalarga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
O’qituvchining yechimi: Tarbiyachi baland ovozda bolani koyishi, unga do’q-po’pisa qilishi mumkin emas. Ayniqsa, gap tutilib (duduqlanib) gapiradigan tarbiyachilar haqida borganda. Bo’lmasa, Botirning o’ziga bo’lgan ishonchi so’nadi, faolligi pasayadi va odamovi bo’lib qoladi.
4- keys Tahlil: ba'zi bolalar melanxolik temperamentga ega bo’lib, atrofdagilarning himoyasiga muxtoj bo’lishadi, uni yaxshi ko’rishlarini, o’ziga mehr berishlarini istaydi. Tarbiyaning to’qri tashkil etilishi ulardagi bu holatning barham topishini ta'minlaydi.
O’qituvchining yechimi: ona farzandini koyimagan holda asta-sekin uni ham boshqalarni ham birdek yaxshi ko’rishini, uni silab - siypalab qo’yishnini, biroq, bu ishni faqatgina kechqurun uyquga yotishdan avval va uyqudan uyg’otish vaqtidagina amalga oshira olishini tushuntirib borishi lozim.