Qo’shma gap
va uning asosiy
belgilari.
1-topshiriq
Qo’shma gap va uning asosiy belgilarini misollar yordasida ko’rsatib bering, uni sodda gapga
qiyoslab tavsiflang.
2-topshiriq
. Qo’shma
gapning qurilish materiali, qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar haqida
ma’lumot bering.
3-topshiriq
.
Quyidagi gaplarni tuzilishiga ko’ra tahlil qiling,grammatik asoslarining tarkibini
ko’rsating:
Er-xotin bir-birlariga shunchalik o’rganib
ketishgan ediki, bir imo bilan Oybekning nima
demoqchiligini Zarifaxonim bilib olardi Buvim xuddi shunaqa mahal ariq bo’yida
piyola
yuvardi,barmog’idagi uzugi piyolaga tekkanda chiq-chiq etib ovoz chiqazardi
Bog’langan
qo’shma gap
1-topshiriq
Bog’langan qo’shma gap va uning turlari haqida ma’lumot bering va
b
og’langan qo’shma gap
qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlab,
turlarga ajrating, ularning qo’llanish xususiyatlari haqida
gapiring.
2-topshiriq.
Quyidagi gapning turini, bog’lovchi vositalarni belgilang, bosh bo’laklarning tagiga chizing,
ustiga nima bilan ifodalanganini yozib ko’rsating
.
Mehnatsiz hayot o’g’irlikdir, san’atsiz
hayot esa
vaxshiylikdir.
Ergash gapli
qo’shma gaplar
va ularning
turlari.
1-topshiriq.
Quyidagi ergash gapli qushma gaplarning turini aniqlang, ergash
gap va bosh gaplarning
tagiga tegishli chiziq chizing, sxemasini chizib ko’rsating, bog’lovchi vositalarni belgilang.
Luqmoni
Hakim o’z o’g’liga dedi: -ey o’g’lim, yalqovlik ko’chasiga kirma, ko’ngling tor bo’lmasin, chunki kimda
yalqovlik va besabrlik bo’lsa, u hech qachon baxtga erisha olmaydi! («Jovidoni Hirad»). Er yuzida shunday
yashashga urinki, topgan puling faqat to’g’rilik orqali kelgan bo’lsin! (Abdibek Sheroziy). Halol
mehnat
bilan topilgan va xayrli ishlarga sarflangan boylikdan ko’ra yaxshiroq boylik yo’q! (Otalar so’zi).
G’
aflat
uyqusidin uyg’on, gar tilar bo’lsang murod, kim etar maqsadg’a, har kim bo’lsa bedorroq (Bobur). Biz
shunday lirik she’rlar, lirik qo’shiqlar yarataylikki, ular mehnatkash ommaning ichiga kirib ketsin.