1-Topshiriq Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1- Pedagogik kuzatish metodi. 2.Suhbat metodi. 3.Anketa metodi. 4.Intervyu metodi. 5.Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6.Test metodi. 7.Pedagogik tahlil metodi. 8.Bolalar ijodini o'rganish metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod. Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida, ta'Iim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etiiayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida qo'Jga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'iumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin. Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon bo'lishiga erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savolJarning mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta'minlash; 2)suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 31 3)suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma'lum to'xtamga kelish; 4)suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish; 5)suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish; 6)suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7)savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish. Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan niuioqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O'rganilayotganjarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1)anketa savollari tadqiq etiiayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2)anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo'lmasligi kerak; 3)anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4)anketa savollari respondentlar tomonidan to'la javoblar berilishini ta'minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 5)anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 6)anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etiiayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta'minlaydi. Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. Ta’lim muassasasi huiiatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa Va dalillarni tekshirish maqsadida ta'Iim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Vlazkur metod O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta'Iim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg'or tajribalarni 31 ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo'llaniladi. Test metodi. Ushbu metod respondentlartomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 3) to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydiiar). Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas. Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o'rganilganlik jarajasini aniqlashdan iborat bo'lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. Bolalar ijodini o'rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilarning muayyan yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita boiib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud: 1)fan olimpiadalari; 2)turli mavzulardagi tanlovlar; 3)maktab ko'rgazmalari; 4)festivallar; 5)musobaqalar. Pedagogik tajriba metodi. (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish», «tairiba qilib ko'rish») Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, ilgari 31 surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega boia olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma'lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokioa amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur. Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qoilaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlii etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko'virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.