Hisoblashga misol. Quyidagi dastlabki berilganlar bo‘yicha uzatkich TQKning tuzilish sxemasini tuzish talab qilinsin:
- P1yu=8 Vt yuklamadagi quvvvat;
- fish=900 MGs chastotalar diapazoni (GSM standarti diapazoni);
- RYu=50 Om nosimmetrik yuklama;
- EK=27 V kollektor kuchlanishi;
Tuzilish sxemasini hisoblash quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. Chiqish (oxirgi) kaskadining tuzilmasi aniqlanadi. Bunda birinchidan, yuqori filtrlash darajasi berilgani uchun TQK chiqishida polosali filtr o‘rnatilishi hisobga olinishi kerak. Ikkinchidan, berilgan chastotalar diapazonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tranzistorlardan eng quvvatlisi bo‘lgan KT913B tranzistor (2-ilova) 5 Vt chiqish quvvatiga ega. Demak, berilgan yuklamadagi quvvat faqat quvvatlarni qo‘shish qurilmalarining (QQS) qo‘llanilishi orqali olinishi mumkin. SHunday qilib, uzatkichning chiqish kaskadi quyidagi tugunlardan iborat bo‘ladi:
- ηF foydali ish koeffitsientili chiqish filtri;
- ηQQS foydali ish koeffitsientili QQS;
- ηMZ foydali ish koeffitsientili kollektor MZ.
2. Oxirgi kaskad (OK) tranzistorlari tanlanishi kerak bo‘lgan quvvat aniqlanadi. Dastlab masalan, mos ηF= 0,95; ηQQS=0,9; ηMZ= 0,95 foydali ish koeffitsientlari beriladi.
U holda OK chiqish zanjirlarining natijaviy foydali ish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi:
ηok= ηF·ηQQQ·ηMZ= 0,95·0,9·0,95 = 0,81225
OK tranzistorlari quvvati quyidagicha aniqlanadi:
Vt
Oxirgi kaskadda NT tranzistorlar sonini aniqlash uchun olingan quvvat qiymatini tanlangan tranzistor Rnom..t nominal quvvatiga (KT913V – 5 Vt) bo‘lamiz va natijani yaqin katta butun qiymatga yaxlitlaymiz:
Shunday qilib, OK da KT913V tranzistorlari ishlatilganda uzatkichning berilgan chiqish quvvati ikki tranzistorlarni ishlatish bilan olinishi mumkin. Bunda tranzistorlardan har biri quyidagi quvvatni berishi kerak.
3. Keyin OK qo‘zg‘atish quvvati aniqlanadi. Namunaviy fnam=1000MGs chastotada KT913V tranzistor Kp=2 quvvat kuchaytirish koeffitsientiga ega (2-ilova).
fish=900 MGs berilgan chastolar polosasining o‘rtacha stotasida quvvatni kuchaytirish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi:
OK qo‘zg‘atish quvvati quyidagicha aniqlanadi:
Kirish MZ larda (ηMZ,KIR= 0,9) yo‘qotishlarni hisobga olganda u quyidagiga teng bo‘ladi:
4. Oxiridan oldingi kaskad (OOK) tranzistori berishi kerak bo‘lgan quvvat OOK kollektor MZηMZ=0,9 foydali ish koeffitsientini vaηQQS=0,9 foydali ish koeffitsientini hisobga olib aniqlanadi:
Bunday quvvatni bitta KT942A tranzistori (R1NOM=9 Vt) ta’minlashi mumkin, bu oxiridan oldingi va oxirgi kaskad orasida QBSni qo‘yishga imkon beradi (3-rasm).
5. Tuzilish sxemasini keyingi hisoblash o‘xshash tartibda amalga oshiriladi: KT942A tranzistorning Kp(fish) ishchi chastotadagi quvvatni kuchaytirish koeffitsienti aniqlash, OOK qo‘zg‘atish quvvatini aniqlash va boshqalar amalga oshiriladi Kp (fnam)=2,25, fnam=2000 MGs:
Kaskadlararo MZ larda (ηMZ,KIR= 0,9) yo‘qotishlarni hisobga olganda u quyidagiga teng bo‘ladi:
Bunday quvvatni bitta KT937A tranzistori (R1NOM=2 Vt) ta’minlashi mumkin, bu oxiridan oldingi va oxirgi kaskad orasida QBS ni qo‘yishga imkon beradi (3-rasm).
6. Tuzilish sxemasini keyingi hisoblash o‘xshash tartibda amalga oshiriladi: KT937A tranzistorning Kp(fish) ishchi chastotadagi quvvatni kuchaytirish koeffitsienti aniqlash, OOK qo‘zg‘atish quvvatini aniqlash va boshqalar amalga oshiriladi Kp (fnam)=2, fnam=5000 MGs:
Kaskadlararo MZlarda (ηMZ,KIR=0,9) yo‘qotishlarni hisobga olganda u quyidagiga teng bo‘ladi:
< 0,2 Vt bo’lganligi sababli hisoblash to’xtatiladi.
Hisoblangan TQKning tuzilish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.