80-yillar o’rtalarida kapitalistik dunyo sanoat maxsulotining 3/4 qismi 2 mingga yaqin eng yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularning bir necha yuztasi eng muhim mahsulotlarning 50%idan 80%igacha qismini ishlab chiqarganlar.
80-yillar o’rtalarida kapitalistik dunyo sanoat maxsulotining 3/4 qismi 2 mingga yaqin eng yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularning bir necha yuztasi eng muhim mahsulotlarning 50%idan 80%igacha qismini ishlab chiqarganlar.
500ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85tasi barcha xorijdagi investisiyalarning 70%ini nazorat qiladilar. Bu 500 gigant elektronika va ximiyaning 80%, farmasevtikaning 95%, mashinasozlikning 76% maxsulotini sotadilar.
Transmilliy korporatsiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanishida faol rol o‘ynaydi. TMK xalqaro mahsulot tizimida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatuvchi sho‘ba kompaniyalar tashkil etishni amalga oshiradi.
TMK yuqori texnologiyali tarmoqlar, yuqori ilmiy salohiyat natijasida vujudga keladigan mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqaradiki, bunga bo‘lgan mijozlar ham ixtisoslashgan shaxslar bo‘ladi. Buning natijasida bu sohalardagi xalqaro korporatsiyalarda monopollik ruhi hukm suradi.
XX asr oxirlarida jahondagi rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqargan sanoat mahsulotlarining to‘rtdan uch qismi 2000 ta yirik korporatsiya ulushiga to‘g‘ri keldi. Ularning yuzdan ortig‘i 50-80 % mahsulot turlarini ishlab chiqardi. Bu transmilliy korporatsiyalar ichki va tashqi savdoda ham katta nufuzga egadir.
Eng baquvvat sanalgan 500 ta TMKlar xorij investitsiyasi ulushining 4 dan 3 qismiga egalik qiladi. Bu gigant TMK lar dunyodagi mavjud elektronika va ximiya mahsulotlarining 5 dan 4 qismini, farmatsevtika mahsulotlarining 10 dan 9, mashinasozlik mahsulotlarining 10 dan 8 qismini ishlab chiqaradi.
Dunyo xo‘jaligida 600 tadan ortiq TMKlar hukmronlik qilgan. Ularning 300 tasi dunyo yalpi mahsulotining 4 dan 3 qismini ishlab chiqargan va o‘z mahsulotlari va xizmatlari – nurini keskin ko‘paytirgan. Masalan, «Volvo» nomli shved avtomobil konserni hozirgi kunda nafaqat jahonda mashhur bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish bilan kifoyalanayapti, balki u Shvetsiyaning o‘zida 30 dan ortiq yirik sho‘ba kompaniyalari va o‘ndan ortiq davlatlardagi korporatsiyalari katerlar uchun dvigatellar, aviatsiya motorlari, hatto pivo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.