Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo‘lgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o‘zi ro‘yxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya.
Keyingi yillarda boshqa bir ko’rsatkich: rezident-davlatdan tashqarida sotilgan maxsulotlar miqdori kiritildi. Bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda Shvetsariyaning «Nestle» firmasi (98%) ilg’orlardan biri sanaladi.
Dastlabki TMKlar 20-a. boshlarida paydo bo‘lgan. 2-jahon urushi (1939 — 45) dan keyin ularning roli yana oshdi. 21a. boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK qo‘lida to‘plangan. Amerikaning G‘arbiy Evropa va Kanadada, bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘z korxonalari tarmoqlariga ega bo‘lgan TMKlari faoliyat ko‘rsatadi. Mas., «Ford» avtomobilь konsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor. Yirik ingliz kompaniyalari («British petroleum», «IKI» va b.), Germaniya («Xerst», «Simens» va b.), Gollandiyaning «Filips» konsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi bozorga yo‘naltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘ladi.
BMT ekspertlarining fikricha Transmilliy korporatsiyalar (TMK) «jaxon iqtisodining dvigatellaridir». BMTning translatsion korporatsiyalar xakidagi dokladlaridan biri xuddi shunday deb nomlangan edi. 90-yillarning urtalariga kelib jaxonda 40 mingta TMK mavjud edi. Ular uz davlatlaridan tashkarida 250 mingga yakin shu’ba korxonalarini nazorat kilardilar. Ularning soni oxirgi yigirma yil mobaynida 5 barobar kupaydi (1970 yilda 7mingta bunday firma ruyxatga olingan edi).100ta eng yirik xalkaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy mulki) boshka davlatlar xududmda joylashgan.
Transmilliy korporatsiyalarning asosiy kismi AQSH, YI davlatlari va Yaponiyada joylashgan. TMK jaxon sanoat ishlab chikarishining 40%igacha, xalqaro savdoning yarmini nazorat kiladilar. TMK korxonalarida ishlab chiqarilgan maxsulotlarning miqdori yiliga 1 trln. doll.dan oshib ketadi. Ularda 73 mln.dan ortiq kishi ishlaydi, ya’ni jaxonda band axolining o’ndan bir kismi.