1 Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, belgilari va turlari


Jahon xo‘jaligida TMKlarning tutgan o‘rni va roli



Yüklə 10,75 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü10,75 Kb.
#196533
1   2   3
Matqurbonov Jaloladdin Globallashuv jarayonida TMKlar

Jahon xo‘jaligida TMKlarning tutgan o‘rni va roli
Ma’lumki, TMKlar o‘z faoliyatini kengaytirish orqali jahon bozorida yangi shakllarni o‘zlashtiradi. Bu shakllar TMKlarga a’zo bo‘lmagan firmalar bilan aloqallar o‘rnatish, shartnomalar imzolash munosabatlari bilan amalga oshiriladi. Endi bunday firmalar TMKlarning odatdagi iqtisodiy variantlariga tanlashlari mumkin bo‘ladi:
litsenziyalash;
franchayzing;
boshqariladigan kontraktlar;
texnik va marketing xizmatlarga e’tibor qaratish;
«kaliti bilan» sanalgan korxonalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish;
qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar va alohida amalga oshiriladigan operatsiyalardagi cheklovga rioya qilish.
Litsenziya bitimi yuridik shartnoma bo‘lib, litsenziya egasi o‘ziga tegishli hududda bemolol faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Litsenziya munosabatlari soddalashtirilgan bo‘lib, bu hujjat ichki firma shartnomasidagi kabi, tashqi texnologik yo‘nalishlarda ham to‘la-to‘kis kuchga ega hisoblanadi. Litsenziya bitimining asosiy ko‘rinishi franchayzing (franshiza) deb yuritiladi.
Franchayzing – bu litsenziyaviy bitim, davomiylik asosidagi muddatga ega. U ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotini biron-bir firma yoki korxonaga sotish huquqini berishi va mahsulotni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo firmasi yoki korxonasi. Franchayzing biznesni tashkil etish va amalga oshirish usuli sifatida 1990 yillar oxirida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan TMKlarning bu shakli boshqaruv va marketing xizmatlariga e’tiborni kuchaytirishni talab etgan.
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida mehnatni yuqori baholash bo‘yicha jahon xo‘jaligi taomiliga mos bo‘lgan tarzda asosiy rol o‘ynaydi. Barcha TMK lardagi yirik xorij investitsiyalari hozirgi vaqtda savdodan ko‘ra bandlik masalalariga ko‘proq jalb etiladi. TMKlar hozirda dunyodagi barcha xususiy sektorga tegishli investitsiyalarning 90% dan ko‘proq ulushini o‘z nazoratiga olgan.
TMKlar mahsulotlari tizimi sohasi yetarlicha keltirilgan. Dunyodagi 60 % xalqaro kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan, 37 % i xizmatlar ko‘rsatish bilan, 3% i esa qazib olish sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasi bilan band.
Amerikada chiqadigan «Fortun» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi 500 ta yirik TMKlar o‘rtasida to‘rtta kompleks asosiy rol o‘ynaydi.
1.Elektronika
2.Neftni qayta ishlash
3.Ximiya
4.Avtomobilsozlik.
Ular 500 ta TMKlar ichida bu mahsulotlarni sotish bo‘yicha 80 % ulushga ega.
Qashshoq mamlakatlar uchun transmilliy korporatsiyalar ko‘proq qazilma sanoat tarmoqlari va mahsulot eksporti yo‘nalishiga mablag‘ kiritadi. Bu holatda ham jadal raqobat yuzaga keladi. Fakat bu raqobat mahalliy bozorlarni mahsulotlar bilan to‘ldirish uchun TMK larning o‘zlarida vujudga keladi.
O‘z o‘rnida TMKlar harakatining jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlari mavjud. Bu borada mutaxassislar quyidagicha fikrlaydilar:
davlatning siyosiy – iqtisodiy munosabatiga TMKlar o‘z faoliyati bilan zid yuradi;
davlat qonunlari buzuladi, qo‘l kuchi transferter bahosini nomutanosiblashtiradi. Qator mamlakatlarda tashkil etilgan TMKlar sho‘ba kompaniyalari milliy qonunchiliklarni pisand etmaydi, aksincha mamlakat ichidagi soliq muammolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
rivojlanayotgan mamlakatlarda monopolistik baho joriy etadi, diktaturaga xos sharoit vujudga keltiradi.
Yüklə 10,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin