BITIMLARNING KOLLIZION MASALALARI. ELEKTRON
SHARTNOMALAR VA SMART KONTRAKTLAR
Eshmatova Sevinch Sherzod qizi
TDYU Xalqaro huquq fakulteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquqda bitimlarning
kollizion masalalari, elektron shartnomalar va smart kontarktlar haqida
O`zbekiston qonunchiligi va umumiy tarzda muhokama qilinadi.
Kalit so`zlar
:
xalqaro xususiy huquq, kolliziya, bitim, elektron
shartnomalar, elektron imzo, elektron hujjat, smart kontraktlar, aqlli
shartnomalar.
KIRISH
Xalqaro xususiy huquq butun dunyoda eng muhim huquq tarmoqlaridan
biri hisoblanadi va uning boshqa tizimlardan ajratib turuvchi asosiy belgilari
mavjud. Bular sirasig
a chet el elementi
bilan murakkablashganligi, ya’ni
faqatgina bir davlat ichidagi emas, balki ikki yoki undan ortiq mamlakatlar
orasidagi
muammolarni tartibga soluvchi, shuningdek davlat milliy qonun-
qoidalariga bevosita taalluqli bo`lgan va ularda nazarda tutilgan munosabatlar
tartibga solinadi. Xalqaro xususiy huquq davlatning ichki turli huquq sohalari
normalaridan, shu bilan birga kollizion, ya’ni turli
davlatlar normalarining
to`qnashishidan tashkil topgan alohida huquq sohasidan iborat. Olimlardan
biri A.B.Levitinning fikriga ko`ra, kollizion normalar chet el elementlari bilan
murakkablashgan fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga solmaydi,
ularning vazifasi asosan qo`llanilishi lozim bo`lgan biron-bir davlatning ichki
moddiy huquqiy normasini ko`rs
atishdan, ya’ni
unga havola qilishdan
iboratdir. Kollizion norma vositasida vujudga kelgan munosabatlarda
kelajakda tartibga solinishi ma’lum huquqiy sohaning moddiy-huquqiy
normasi vositasida amalga oshiriladi.
Shuningdek,