Elektron hujjat aylanish tizimi. Reja



Yüklə 13,61 Kb.
tarix06.12.2022
ölçüsü13,61 Kb.
#72638
mustaqil ish 11


Elektron hujjat aylanish tizimi.
Reja:.
1. Elektron hujjatlarni almashish tizimi
2. Hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirish
Elektron hujjat. Elektron hujjat O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim axamiyatga ega, chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo’natmalarni o’z manzillariga etkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo’limiga topshiriladi. Shundan so’ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo’natiladi va etkaziladi.
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko’rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog’i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.
Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o’zining alohida shakliga ega bo’lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.
Elektron raqamli imzo O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi:
- elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
- elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladigan va shaxs imzosini to’laligicha o’rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladi.
Elektron raqamli imzodan muhr o’rnida ham foydalanish mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o’zgarishlarni yoki o’zgartirishlarni ko’rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o’tkaziladi.
Elektron xujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo’natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat xujjat muallifiga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo’llanilishi mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko’ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini tadbiq etish samaradorligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq 1 yanvar 2014 yildan davlat va xo’jalik idoralari boshqaruvida xamda xududiy xokimiyatlar faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini baxolash reyting tizimi tasdiqlandi va joriy etildi.
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi.
Yüklə 13,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin