Baliqlarning nerv tizimi va sezgi a’zolari Reja: 1. Baliqlarning nerv tizimi va sezgi a’zolari 2. Baliqlarning qon aylanish tizimi. 3. Baliqlarning tuzilishidagi xarakterli belgilar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Baliqlarning nerv tizimi va sezgi a’zolari. Suyakli baliqlarning bosh miyasi tog'ayli baliqlarnikiga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan. Uning hajmi nisbatan kichik, oldingi miya qopqog'ida nerv moddalari yо'q. Miya yarimsharlarining ichi (yonqorinchalari) tog'ayli baliqlardagi kabi tо'siq bilan tо'liq ajralmagan. Miya yarimsharlarining oldingi tomoniga hidlov bо'lagi, orqa tomoniga esa oraliq miya tutashgan.Oraliq miya nisbatan katta.Uning orqa tomonida epifiz,qorin tomonida esa gipofiz joylashgan. Kо'rish nervlari kesishib, xiazma hosil qiladi. Suyakli baliqlarda о'rta miya va miyacha nisbatan katta, yaxshi rivojlangan. Oraliq miya katta yarimshar tomonidan berkitilgan.Uzunchoqmiyaasta-sekinlik bilan orqa miyaga qо'shilib ketadi.Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi.Orqa miya tuzilishi bilan tog'ayli baliqlarnikiga о'xshash bо'ladi. Umuman olganda, baliqlar va barcha umurtqali hayvonlar bosh miyasining barcha bо'limlari, hayvonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Masalan: miyacha baliqlar harakatini, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqaradi.
Zog’ora baliqning og’iz bo’shlig’idan keyin barcha baliqlardagidek halqum boshlanadi. Og’iz va halqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q. Boshqa baliqlarga o’xshash zog’ora baliqda ham haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo’lib, u mustaqil bo’lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Nag tomonida beshtadan jabra yorig’i bo’lgan halqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam diffyerensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo’limini o’n ikki barmoqli ichak, so’ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonining atrofida har xil sondagi ko’r pilorik o’simtalar bor, zog’ora baliqda bo’lmaydi). Jigari yurakning orqasi, oshqozonning ostida va yon tomonlarida joylashgan bo’lib, uning pallalari orasida o’t suyuqligi bilan to’la o’t pufagi bo’ladi. O’t pufagidan o’n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o’t yo’li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo’ylab tarqalgan. Ichak bog’ichiga esa uzunchoq to’q qizil rangli taloq o’rnashgan. Tana bo’shlig’ining yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida gidrostatik organ suzgich pufak joylashgan. Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda chap qo’lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko’ndalangiga kichik kesik hosil qiling. Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan og’izgacha kesing. Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling. Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib, jabra ravoqlari tuzilishini o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil qiling. Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi). Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga nisbatan zichroq va qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling. Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pu-fagini chiqarib olib, uning shakli va tuzilishini o’rganing. Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping. Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini ensadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang. Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan tanishib chiqsangiz bo’ladi. Suyakli baliqlarning nafas olish organlari tog’ayli baliqlamiki singari ektodyermali jabra hisoblanadi. Zog’ora baliqda, shuningdek, barcha suyakli baliqlarda oidingi to’rtta jabra yoylariga o’rnashgan to’rt juft butun jabra bo’ladi. Bundan tashqari, jabra qopqog’ining ichki tomonida til osti yoki soxta jabra deb ataladigan murtak holidagi jabraning ham yarim bo’lagi bo’ladi. Bir butun jabra ikki qator bo’lib jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlaridan tashkil topgan. Akulalarda bo’ladigan jabralararo to’siqlar suyakli baliqlarda reduksiyalangan, shuning uchun jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Natijada bir jabraning ikkita yarim jabra yaproqlarining asosi bir-biriga qo’shilib ketadi. Ularning uchlari esa tashqi tomondan jabra qopqog’i bilan cheklangan jabra bo’shlig’ining ichida osilib turadi. Jabra yoylarining ichki tomonida bir qancha mayda tishsimon — jabra qilcha (lichinka)lari deb ataladigan va qo’shni jabra yoyi tomon yo’nalgan o’simtalari bo’ladi. Jabra qilchalari maxsus suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat moddalarini haiqumdan jabra bo’shlig’i orqali tashqariga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Bu apparat plankton organizmlar bilan oziqlanuvchi (seldsimon)larda kuchli taraqqiy etgan. Yo’g’on qon tomirlari (qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi jabra arteriyalari) jabra yoylari bo’ylab jabra yaproqlari asosida joylashgan. Tog’ayli baliqlarning nafas olish organlari. Akulaning har bir jabra yorig'ining bir uchi halqumiga, boshqa uchi esa tashqariga ochiladi. Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devoriga qator o'rnashgan. Jabra yaproqlari har qaysi qator jabraiiing yarim bo'lagini hosil qiladi. Jabraiiing ikkita yarim bo'lagi birgalikda yaxlit jabrani vujudga keltiradi. Shunday qilib, akula boshining har qaysi tomonida hammasi bo'lib to'rtta jabra va uning bitta yarim bo'lagi (til osti yoyi) bor. Jabralarning orasida va oxirgi jabraning orqasida, bir tomoni to'g'ridanto'g'ri halqumga, ikkinchi tomoni bevosita tashqariga ochiladigan jabra yoriqlari bor. Jabra yoylaridan esa jabralararo to'siqlar chiqadi, bu to'siqlar bir jabraning ikkita yarim jabrasini ajratib turadi. Bu to'siqlarni tog'ay shu'lalar tutib turadi. Suyakli baliqlarning qon aylanish sistemasi. Zog’ora baliqning yuragi tana bo’shlig’ining oldingi qismida qorin tomonida joylashgan. Uning faqat uchta bo’limi: venoz sinusi (qo’ltig’i), yurak bo’lmasi va uning ostida joylashgan muskulli yurak qorinchasi bor. Shunday qilib, zog’ora baliq va umuman suyakli baliqlar yuragida arterial konus bo’lmasligi bilan tog’ayli baliqlar yuragidan farq qiladi. Yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomiri — qorin aortasi chiqib, boshlanish joyida aorta so’g’oni deb ataladigan kengayish hosil qiladi. Aorta so’g’oni klapanlari va ko’ndalang yo’lli muskullari bo’lmasligi bilan yurak bo’limlaridan, xusu-san aiterial konusdan farq qiladi, shuning uchun ham u yurak singari mustaqil urib (ishlab) turmaydi. Til osti jabrasining yarim bo’lagi to’liq taraqqiy etmaganligi natijasida uning qon olib keluvchi jabra arteriyasi yo’qolganligi sababli faqat to’rt juft qon olib keluvchi jabra arteriyasiga ega. Qon aylanish sistemasining navbatdagi pyerifyerik qismlarini oddiy preparovkalarda ko’zdan kechirib bo’lmaydi, buning uchun maxsus in’eksiya qilingan preparat talab qilinadi. Shunday qilib, qon olib keluvchi jabra arteriyalari, jabra yaproqlarida kapillyarlar sistemasiga bo’linib ketadi. Bu kapillyarlarning juda yupqa devorlari orqali qon bilan jabrani yuvib o’tuvchi suv orasida gazlar almashinuvi ro’y byeradi. So’ngra kislorodga boy arterial qon, kapillyarlar orqali qon olib ketuvchi jabra arteriyalariga yig’ilib, natijada toza qon orqa (dorzal) to-monda joylashgan bir juft aorta ildiziga quyiladi. Aorta ildizlari boshning orqasida umurtqa pog’onasining tagida bir-biri bilan qo’shilib, butun organlarga qon olib boruvchi qon tomirlar chiqadigan orqa aortani hosil qiladi. Dum bo’limidagi venoz qon toq dum venasi orqali keladi va ikkiga bo’linib buyraklarga boradi. Suyakli baliqlarning ko’pchiligida tog’ayli baliqlarga qarshi o’laroq faqat chap buyrakda, chap keyingi kardinal vena mayda kapillyarlarga bo’linib qopqa sistemasini hosil qiladi. Keyingi o’ng kardinal vena esa kyuvyerov quyilishigacha uzluksiz boradi. Buyraklardan keluvchi keyingi kardinal venalar yurak atrofida bosh qismdan venoz qon olib keluvchi oldingi kardinal venalar bilan qo’shiladi. Keyingi va oldingi kardinal venalarning qo’shilishi natijasida yura-kning venoz qo’ltig’iga quyiladigan juft kyuvyerov quyilishi hosil bo’ladi. Jigar qopqa venasi ichakdan mustaqil boshlanadi. Bu vena jigarda kapillyarlarga bo’linadi va shu kapillyarlar yana birlashib venoz sinusga quyiladigan jigar venasiga aylanadi. Tog’ayli baliqlarga xos juft suzgichlardan qon olib keluvchi yonbosh venalar suyakli baliqlarda bo’lmaydi. Baliqlarning yuragida hamma vaqt venoz qon bo’ladi. Qon aylanish doirasi bitta; bunda arterial qon venoz qon bilan aralashib ketmaydi. Qon aylanish doirasi ikki funksiyani ba-jaradi: 1) organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta’minlaydi va 2) venoz qonni qaytadan tiklaydi. Bu quyidagicha amalga oshadi. Arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga oqib boradi, qon jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadida, arteriya qon tomirlari orqali butun gavdaga tarqaladi, keyin venoz qon bo’lib venalar orqali yurakka keladi.