165695
$ Н [ 5
у
)
ASR OSHGAN ASARLAR
СМ~ЧЧ
Roman. Birinchi kitob
Uchinchi nashri
«SHARQ» NA SH RIYO T-M ATBAA
A K SIYADO RLIK KOM PANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
T O SH K E N T - 2007
Hamal keldi, amal keldi.
Xaiq maqoli.
H ar yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko'ngil-
larni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanla-
riga iliq qon yugurdi...
Tollarning ko‘m -ko‘k sochpopuklari qizlarning may-
da o'rilgan kokillariday selkillab tushm oqqa boshladi.
Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari
kuldi, o ‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo'shalgan qul
singari erkinlik nash’asini kem ira-kem ira ilgari bosadilar.
Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘ri-
na boshladi. Birinchi ko‘ringan ko'klam qushi birinchi
yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko'p
qoshlarni qoraytirgan o ‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib
chiqdi... M uloyim qo'llarda ivib, suvga aylangandan
keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni m uncha
yaxshi ko‘rar ekan bu k o ‘kat! Erkaklarning gullik
d o ‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning
sochlari, gajaklari va ro ‘mol popuklari bilan hazillashib
o ‘ynagan salqin shabada... ko'klam n ash ’asi bilan
sho‘xlik qiladi.
Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin b o ‘ladi bahor-
da?
* * *
Zebi (Z ebinisa)ning qish ichi siqilib, zanglab
chiqqan, ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tush-
gan; endi, ustiga poxol to ‘shalgan aravada bo‘lsa ham ,
allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshla-
gan edi. Qish ichi ham keti uzilmagan sovchilar bir-
ikki haftadan beri kelishdan to ‘xtaganlar, endi tashqari
I
5
eshikning «g‘iyt» etishi — bir-ikki ayolning astagina
bosib, paranjisini sudrab kirib kelishiga dalolat qilmas,
hali endigina o ‘n beshga qadam q o ‘ygan bu yosh qizning
go‘dak ko‘nglini uncha cho‘chitmas edi.
Ko‘k terish bahonasi bilan bir-ikki m arta keng hov-
lilarga, shahar ichida bo‘lsa hamki, dala-tuzlarga chiqib
kelganidan beri ko‘ngli qirlarni, dalalarni, ishqilib olis-
olis joylarni yana ko‘proq tusay boshlagan edi.
Otasi bom doddan kirmagan, onasi sigir sog‘ish bilan
ovora, o ‘zi kichkina sahnni supurib turgan vaqtida
tashqari eshikning besaranjom ochilishi Z ebining
ko'nglini bir qur seskantirib oldi. Bir q o iid a supurgisi,
bir qo‘li tizzasida — yerga egilgan ko‘yi eshik tom oaga
tikilib qoldi. Otasining odatdagi tom oq qirish va yo‘ta-
lishlar bilan, katta eshikning og‘ir zanjirini sharaq-shuruq
qilib tushirib, namozga chiqib ketganiga hali ko‘p o ‘tm a-
gan edi. H alol-harom ni ko‘p ham farq qilmayturgan bu
odam ning avrodda o ‘tirish odatlari, hatto ham m adan
keyin qolib, machit shamlarini puflab chiqish rasmlari
b o iard i.
Aytgandek, eshikdan shoshilib kirib kelgan — yoshgi-
na, o ‘zi tengi bir qizcha bo‘ldi. Hali tuzuk-quruq odam
qatoriga kirib yetmagan bu qizchani katta xotinlarning
oriyat paranjisiga- burkaganlar, paranjining uzun etaklari
katta bir tugundek uning qo‘ltig‘ini to ‘lg‘azardi...
0 ‘rangan qiz ichkari eshikdan hatlar-hatlam as paran-
jini irg‘itdi va o ‘zining bolalik ruhi bilan yugurganicha
borib Zebini quchoqladi. Ikkalasi quvona-quvona
ko‘rishdilar. Supurgi yetgan joyidan nariga o ‘tm asdan
yerga yonboshladi... Ikkala yosh — ' yuzlari kulgan,
ko‘ngillari yozilgan — qo'ltiqlashib ayvonga bordilar va
Zebining otasi turib ketgan so‘rining chekkasiga
o ‘tirishdilar.
Salti (Saltanat) erta saharda munaqa halloslab ke-
lishining sababini hali aytgani yo‘q edi, ular ko‘rishgan
ham on, yosh qizlarning o ‘z oralarida o ‘taturgan rnahram
gaplarini gaplashib, tikayotgan kashtalari, piltaga kirgan
do'ppilari to ‘g‘risida bir-birlariga kalta-kalta m a’lumot
berishgan edilar. Salti endi gap ochdi:
— Erta saharlab chopganim bekorga emas...
6
— M en ham sezganman... Yuragim bir qur seskanib
ham oldi...
— Nimaga, o ‘rtoqjon?
— 0 ‘zingiz bilgan sovchilar balosi-da... Qish ichi keti
uzilmadi.
— M enam bezganman, jonim qaqa... shuning uchun
bir qishloqqa chiqib kelsammikan, deb edim...
— Nimasini aytasiz... Ariqdagi suv ham muzning
tagidan chiqdi-ku.
Zebining yuzini, shu topda, butun qish ichi to'planib
qolgan horg'inlikning asarlari egallagan edi. Uning ikkala
yuzi, ayniqsa, ko‘rpaning katta-katta qavig‘iga tikilgan
andishalik ko‘zlari hovur bosgan oynakning betiga
o ‘xshardi. Aksincha, Saltining yuzlari charaqlagan yul-
duzday, sernash’a, quvnoq va har qanday andishadan
yiroq b o iib , ko'nglining chuqur burchaklaridan chiqib
kelgan sevinch to'lqinlarini aks ettirardi. Shu uchun u
Zebining so'ng so‘zlaridagi og‘ir m a’yuslikni payqay ol-
madi. U ning ko‘zlari Zebida bo'lsa ham , nazarlari
boshqa yoqlarda edi.
— Enaxonni bilasiz-a? Yoyilma soydagi o ‘rtog‘im
bor-ku?
Zebi boshini ko'tarib, o'rtog'iga qaradi, shu qarash
uning nechikdir Enaxonni eslolmay turganini ko‘rsatardi.
So'ngra Salti ta ’rif qildi:
— 0 ‘tgan kuz biznikiga mehm on b o ‘lib kelishdiku —
kelinbibisi bilan birga? O 'shanda necha marta kishi yu-
borib chaqirtirdim, bormadingiz, otangiz javob berma-
di...
Zebi bosh tebratdi:
— Ha, ha... bildim, bildim. 0 ‘zini ko‘rganim yo‘q-
ku, eshitib bilaman.
— Ana o ‘sha qiz o'sha safar kelganida meni aytib
ketib edi. Bahorlashib bir borib kelaman, deb yurib edim.
Yaqinda yana aytib yuboribdi. Shunga teng-to‘shlarim
bilan bir borib kelmoqchiman. Sizni ham olib boraman...
— Qachon?
Zebining bu kalta savolidan Salti ko‘p narsani angla-
di. Bu savol Zebining iloji bo‘lsa shu kun paranjisini
qo'liga olib (yopinib ham o ‘tirmasdan!), shu yerdan
7
uzoqlashmoq uchun talpinganini ko‘rsatardi. Shu uchun
Salti:
— Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! — dedi.
Va ikki yosh bola nihoyasiz quvonchlar ichida yana
bir-birlariga chirmashdilar...
* * *
O datda onaning ko‘ngli yumshoq bo'ladi. Zebining
onasi — Qurbonbibi Saltidan haligi chaqiriqni eshitgan-
dan keyin darhol rozilik berdi:
— Mayli, o ‘ynab, yozilib kelinglar. Qish ichi yurak-
laring g‘ash bo‘lgandir... Yosh narsalar, — dedi. Zebi
onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi. Bu ona
qizining saodatidan boshqa narsani bilmaydirgan onalar-
dan edi. Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo'lsa,
hammasini shu birgina qizi uchun istar va orzu qilardi.
Lekin...
Onaning rozilik so‘zlariga bu birgina «lekin» elchib
kelganidan, bechora qizlar sevinish to ‘lqinlarini yana bir
qur ko‘tarishga fursat topolmadilar.
Ham m a jim qoldi. H ar kim o 'z oldida bir narsa topib
shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi — o ‘z otasini,
Qurvonbibi — o ‘z erini, Salti — qovog'idan doim qor
yog'ib turgan sovuq bir soTini ko‘rardi.
Bu bulutli havoni ochm oq faqat onaning vazifasi
edi:
— Otasi bom doddan kirsin, — dedi u Saltiga qarab,—
men o ‘zim yotig‘i bilan aytib ko‘ray, yo‘q demas, —
so‘ngra Zebiga yuzlandi: — Sen, qizim, uyga joy qil,
o ‘rtog‘ingni o 'tqiz, dasturxon sol. Biz, otang bilan,
choyni so‘rida ichib, haligi gapni gaplashamiz.
Ikkala qiz ham og‘iz ochm ay jim qolishdi. Chunki
Razzoq soTming mijozini ularning ikkalasi ham yaxshi
bilardi. So‘figa eng m a’qul bir masalani b o ‘lsa ham
uqtirib roziligini olmoq uchun yo o ‘zining piri, yoki kat
ta bir davlatga ega bo‘lish kerak edi. U odam o ‘z tengla-
ridan hech birining hech qachon hech b ir gapini
tinglagan emasdi. Ayollardan maslahat, ayniqsa, o ‘z xo-
tinidan bir taklif eshitmoq uchun Razzoq soTming qayta
boshdan bunyodga kelishi kerak b o ‘lardi...
Shuning uchun Zebi ko‘zlari andisha bilan kengayib
ochilgani holda indam asdan joylarni yig‘a boshladi.
U o ‘rinlarni yig‘ishtirib, nonushta joylarini tayyorlab
b o ‘lgandan so‘ng o ‘choq boshida choynaklarga choy
tashlarkan:
— O tam dan darak yo‘q-ku? — deb so‘radi onasidan.
Q urbonbibi bir k o ‘cha eshigiga, bir yonboshdagi
daraxtlar orasidan ko‘tarilib kelayotgan quyoshga, bir
o ‘choqboshidagi qiziga qaragandan keyin:
— Bilmadim, avrod cho'zilibroq ketdimikin? Sen
choyni jindek q o ‘yib turib, chala qoldirgan yerlaringni
supiratur, kelib qolar, — dedi.
Zebi shu topda yana qaytib qo‘liga supurgi olishni is-
tam asa-da, o ‘rtog‘ining «bu qiz enasining gapiga kirmas
ekan», degan o ‘yga borishini o ‘ylab, indam asdan
supurgini q o ‘liga oldi va bir qo‘lini bir tizzasiga qo‘yib,
sahn betini supura boshladi. Zebining choy damlab ke-
lishini kutib, uyda — dasturxon boshida o ‘tirgan Salti
ikkala qanoti ochiq turgan eshik orqali bu holni
ko‘rganidan keyin o ‘rnidan turib, o ‘,rtog‘ining yoniga
chiqdi. Zebi uni uzr aytib qarshi oldi:
— O 'rtoqjon, — dedi, — otam avrodda o ‘tirib qoldi,
shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak.
Xafa bo‘lmang-a?
Bu so'nggi kalta jum laning aytilishidagi samimiyat
bir-biri bilan yaqin o ‘rtoq tutishgan yosh qizlardagina
bo‘ladi. «Xafa b o ‘lmang-a?» deb turgan vaqtida Zebining
yuzini ko‘rish kerak edi, bir qo‘lida supurgi, bir qo‘li tiz-
zasida, supurgi ham yerdan uzib olingan emas, faqat
bosh yuqori ko‘tarilganu butun vujud Saltining ixtiyorida!
Ko'ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltiga
tom on uchadi, unga tom on otiladi, uni o ‘rab, uni aylan-
tirib, uni quchadi! Zebining yuzlaridagi — oyday tiniq va
quyoshday yorug‘ bu holat moddiy haqiqatlar qadar
ochiq ko‘rinardi.
0 ‘rtog‘ining bu samimiyatini Salti ham ko‘z bilan
k o ‘ribgina em as, k o ‘ngil bilan sezib anglagan edi.
Shuning uchun u Zebining so‘ziga javob ham berib o ‘tir-
masdan, birdaniga uning qo ‘lidagi supurgiga yopishdi.
O 'z ko‘nglida, supurgini olib, bir oz supurishib bersa,
9
haligi samimiyatga yarasha javob bergan bo‘lardi. Zebi
supurgini q o id a n oldirdi, lekin o ‘rtog‘i supura boshla-
gandan so‘ng:
— Voy, bu nimasi! Q o‘ying, o ‘zim supuraman! — deb
yana supurgiga yopishdi. Salti bermadi, bu olmoq istadi;
Salti qochdi, bu quvladi; shunday qilib, sahnni supurish
o'rniga bu ikki o ‘rtoq butun hovlini boshlariga ko‘tarib,
shovqinlar va qiyqirishlar bilan dunyoni buzib, bir-birla-
rini quvlashib ketdilar...
0 ‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar
qadar unsiz, o ‘z ko‘ngli qadar tund va xo‘mraygan
bo‘lishini istagan Razzoq so‘fi xuddi shu o la-to‘polon
ustiga kirib keldi!
Eshikdan kirar-kirmas ovozining boricha:
— Bu nim a qiyomat!!! — deb shovqin solishi ikkala
yosh qizni, chaqm oq tekkan daraxtday, turgan joylarida
qotirib qo‘ydi. Yo‘qsa, so'fi erining dindor xotini bo‘lgan
Qurvonbibi ham «bas endi!» deb ozm uncha qichqirma-
gan edi... Agar bu sovuq so‘fl kirib kelgan b o im asa, ikki
yosh qizning qish bo‘yi to ‘plangan ko‘ngil g'ashliklari bir
oz sho‘xlik bilan ancha yozilgan bo‘lardi. Zotan, ular-
ning o ‘zlarini unutar darajada bir-birlari bilan bu xilda
o‘ynashuvlari o ‘sha g‘am -g'ashlar purjinasining bo‘sha-
lishi, siqintilar oqim ining to ‘g ‘onini buzib, oldinga
tom on y o ‘l solish em asm idi? Bunday telbalarcha
ko‘pirib-toshuvlarni to ‘xtatmoq uchun ham, albatta, tel
balarcha hayqirishlar, chaqm oq qadar quw atli zarblar
lozim bo ‘ lard i.
* * *
Razzoq so'fida unday q u w at ortig‘i bilan bor. Bu
odam , jadidnam o
bir ham shahrining
deganidek,
«ko‘rgazmaga q o ‘yilaturgan antiqa maxluqlardan edi».
Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salom at tushirtir-
gan va birinchi d a f’a yo‘rgaklagan kampir hazilkashligi
va sho‘xligi bilan xotin-xalaj o'rtasida dong chiqargan
Hamro enaymish. Bolani yo‘rgaklaganidan keyin hali u
qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga tikilgan va
mana bu so‘zlar bilan erkalatganmish:
— Aylanay, m ehm on, kimdan xafa bo'lib tushdingiz?
10
Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog‘ingizni ochsangiz-
chi! Yorug' dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining!
M undoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..
0 ‘shanda kulmagan Razzoq so‘fi undan keyin ham
kulmay o ‘tdi. Kulish bilan yig‘lash orasida katta farq bor.
Kulish bilan kulmasdan tekkina jiddiyat saqlab turish
orasida ham anchagina masofa bor. Shu uchun Razzoq
so‘fming kulishlarini kulish, deb b o ‘lmaydi.
Kulmasdan chidab b o ‘lmaydigan m aqom larda u ham
kuladi, lekin u kulish — kasal odam ning kulishiday og‘ir,
bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg‘on
xushom adlarday ko‘ngilga uruvchi b o ‘lardi. Bir kun
Zebining juda jiddiy bir chehra bilan:
—
O tam kulm as ekan-da! — deganini eshitib,
Qurbonbibi koyib bergan edi. Shu haqiqatni aytgani
uchun qizidan alayna-oshkor koyingan Qurvonbibi, bu
haqiqatni o ‘zi o ‘z ko‘nglida necha m arta takrorlagan
boisaykin?.. Til bilan birovning aybini aytish oson, o ‘z
tili bilan o ‘z aybini aytadiganlar juda kam, Qurvonbibi
har qancha so‘zga epchil xotin b o is a ham, uni bu kam-
lar orasiga qo'shib bo‘!maydi.
Qurbonbibi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, Razzoq so‘fi
shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna
odam edi. Tashqari olamda, ya’ni o ‘z hovlisidan tashqari-
da uning doimiy va bir-danbir vazifasi: o ‘zidan ulug‘ va
kuchlilar gapirsa — «how a-how a», demak, o'zidan past
va kuchsizlar gapirsa — «yo‘q, yo‘q», degan m a’nida bosh
chayqash bo‘lardi. Uyida vaqtida uning og‘zidan odam
bolalari o ‘rtasida yuraturgan tuzuk, m a’nilik va «gap» de-
sa b o ‘ladigan bir so‘z chiqmas edi. U m um an, so‘fining bu
bobda o ‘ziga ko'ra asoli bir maslagi bor: u o ‘zi maqtanib
aytganiday, xotin-xalaj oldida og‘iz ochib til qaldiratishni
ravo ko‘rmaydi. «Bu til, — deydi soTi, — doim xudoning
zikri bilan qaldiraydi. Bu og‘iz ham m a vaqt xudoning
zikriga ochiladi. Og‘iz bilan til — bandaning jismida eng
aziz va tabarruk a ’zolar. U larni xotin kishiday past maxluq
oldida xor qilinadimi? B olm asa, haq taoloning bandalari
it bilan ham gaplasha bersin! Y o'q, xotin kishiga juda zarur
gap aytiladi, u toifa bilan zarurat yuzasidangina gap-
lashiladi. Vassalom!»
11
0 ‘zbekda axir har bir erkak o ‘z xotinini — o ‘z halol
juftini qizi yo o 'g iin in g nomi bilan atab chaqiradi. 0 ‘z
xotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinining
ismi Maryam, qizining ismi Xadicha bo‘lsa, m o‘m in-
musulmon: — sharm u-hayo yuzasidan b o ‘lsamikan?-
xotinini «Xadicha» deb chaqiradi. Aksar ona-bola ba-
ravar «labbay!» deydi; shunday-da, oilaning haqiqiy egasi
bo ‘lgan ota: «Kattangni aytam an, kattangni!» deydi.
H atto shunda ham «Maryamni», demay-di...
Bizning so'fi m o‘m in-m usulm onning bu urflga ham
amal qilmaydi, u o ‘z halol jufti Qurvonbibini ham m a
vaqt «Fitna» deb chaqiradi: «Fitna, sallam ni ber!»,
«Fitna, qiz o ‘lguring qani?», Fitna, puldan uzat!»
Qurbonbibi, soTiga achchiq qilib b o lsam i yo o ‘zi-
ning yaratilish ham rida shu narsa bormi, har qalay fit-
nalikdan, ya’ni makr va firibdan xoli emas. Erining
xotin-xalaj oldida gapirmaganiga uncha xafa b o ‘lmasa
ham , lekin o ‘z halol xotini oldida gapirmaganiga kuyadi
va shu kuyish orqasida firib yo'li bilan so'fini gapirtiradi;
b a’zida tillarini burro qildirib sayratadi. Buning uchun
so‘flning achchig‘ini keltiradigan emas, uning bir oz
g‘ashini qo‘zg‘ataturgan bir gap aytib qo‘yadi. Ana shun
da xotin-xalaj oldida og‘iz ochib til qaldiratishni soTidan
ko‘ring! Bay-bay-bay!
— Eshon bobom sizdan dilgir emishlar, — deydi bir
kun Qurbonbibi so‘figa.
So‘fming toshday qattiq va buyumdek harakatsiz yuzi
birdaniga turli-tum an o ‘zgarishlar va harakatlarga javlon-
goh bo‘ladi:
— N im a deding, Fitna? Nega dilgir bo ‘libdilar?
— N azir qilgan kokilini kestirishga kelgan bir bolaga
xushomad qilibsiz...
Shu bas! Endi, bizning so‘fi so‘zga usta bir xatibga ay-
lanadi.
— Ishq ikki xil bo‘ladi, Fitna. Tushunmay gapirma!
Ishqi m a’joziy, ishqi haqiqiy...
Qurbonbibi bu so‘zlarga tushunmaganligidan erini
sayratib q o ‘yib, o ‘zi darrov zerikadi. Shu uchun u:
— Ha, shundaymi? Men bilmabman. O m im an-da, —
deb tezroq qochish harakatiga tushadi.
12
Xotini burilib ketganidan keyin soTi ham so'zdan
to ‘xtaydi.
Shunday qilib, so‘fi joyi kelganda va g'ashiga tegil-
ganda, — go‘rda ham gapiradi. Ham gapirganda qan-
day!
Uyida vaqtida Razzoq soTi yo ariq bo'yidagi ko‘kat-
larni yulib, yo eshik va darvozalarning bo‘shalib qolgan
zanjirlarini mahkamlab, yoki hovlida o ‘tin qirqib, yo
bo'lm asa — ikki q o li orqasida, dam ichkariga kirib, dam
tashqariga chiqib, dam hovliga o ‘tib, lablarini ari
chaqqan odamday og‘iz ochm asdan, indamasdan yura
beradi... Yoz faslida, ko‘proq kunduzi uxlaydi, kechala-
ri, tong otguncha, o ‘zi yolg'iz, baland ovoz bilan
«Oblohu!» aytib, o ‘z oilasini va q o 'n i-q o ‘shnini uxlat-
maydi. Eshon bobo bo‘lmagan kunlari salqin xonaqoda
juda maza qilib uxlaydi, deydilar. Ba’zida boshqa murid-
lar uni k o 'rpa-to‘shagi bilan hovuzga tashlar ekanlar.
Uyda bo‘lsa, uni — xonaqo singari — salqin qildirib, un-
dan keyin cho‘ziladi va peshindan keyin uyquga ketgan
b o is a , shom ga borib zo ‘rg‘a turadi: shunda ham
Qurvonbibining qichqirishlari bilan... Namozgar, aksari,
uyquga qurbon boMadi, shu orqada o 'z xotinidan ko‘p
ta ’nalar ham eshitadi. Ammo bu xususda tili qisiq, in-
dayolmaydi...
Qish faslida bo‘lsa, kechasi uxlaydi. «Bir siqim kun
bor, uxlab o ‘tkazsam,
Dostları ilə paylaş: |