1-tur Yapon abiturientlari orasida shunday gap yuradi: “agarda bu ishni to‘rt soat davomida qilsang Oliygohga kira olasan, aksincha bu ishni besh yoki undan ko‘proq qilsang, o‘qishga kirish ehtimoling pasayadi”. Savol
1-tur 1. Yapon abiturientlari orasida shunday gap yuradi: “agarda BU ISHNI to‘rt soat davomida qilsang Oliygohga kira olasan, aksincha BU ISHNI besh yoki undan ko‘proq qilsang, o‘qishga kirish ehtimoling pasayadi”.
Savol: BU ISH o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob: Uxlash.
Izoh: Qancha kam uxlasang, shuncha ko‘p tayyorlanish imkoniyating bo‘ladi 2. Aleksandr Ovechkinning fantastik gollari namoyish etilgan video-rolikda sportchining ko‘kragidagi 8 (sakkiz)soni harfga aylanib, Ovechkin bir superqahramon ko‘rinishiga kiradi.
Savol: Sportchi qaysi superqahramonga aylanganini yozib bering.
Javob: Supermen.
Izoh: Supermenning ko‘kragida S harfi bo‘lishini bilsangiz kerak. Superqahramon so‘zlari Supermenga olib borishi lozim edi. 3. Taxminan milodiy ikkinchi asrga qadar xitoyliklar bir mashhur o‘yin tarkibiga kiruvchi IKS o‘rnida “mato” dan foydalanganligi haqida ma’lumotlar mavjud.