Izoh: Qizlarni eng sevimli sovg‘asi tabiiyki qo‘g‘irchoqdir. Rut Xendler "Mattel toys" korxonasi asoschisining xotini bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq esa qizchaning ismiga qo‘yilgan ekan.
6. Rim legionerlariga u maosh sifatida berilgan bo‘lsa, Efiopiyada Undan
20-asr o‘rtalarigacha pul valyutasi sifatida foydalanishgan.
Savol: Gap nima haqida ketayotganligini yozib bering.
Javob: Tuz.
7. Pianinochi Glenn Guld qo‘lini juda ehtiyot qilib yurgan. U doim qo‘lqop kiyib yurishiga sabab BU ISHDAN iloji boricha qochish bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, o‘sha davrlardayoq hozirgi karantin qoidalariga amal qilib yurgan.
Savol: Glenn Guld nima ish qilishdan doimo qochganligini yozib bering.
Javob: Qo‘l berib salomlashish.
Izoh: Karantin qoidalarining asosi qo‘l berib ko‘rishmaslik. 8. Bu asar 18-asr ingliz adabiyoti durdonasi hisoblanadi. Unda otasini ra’yiga qarshi borib sayohatga chiqqan va halokatga uchragan, so‘ngra, nihoyat tabiatni o‘ziga bo‘ysundirgan inson taqdiri xususida hikoya qilinadi.
Savol: Siz menga istasangiz o‘sha asar nomini, istasangiz bosh qahramonini yozib bering.