Globallashuv afzalliklarining turli mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanishi. Reja: Kirish 1. Turli mamlakatlarning globallashuv afzalliklari 2. Globallashuv afzalliklarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanishi
Kirish Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televidenie va internetning roli har qachongidan ortadi. Misol uchun, 2002 yilgi Sidney Olimpiadasi musobaqalarining ochilish marosimini dunyo aholisidan 3 milliard 600 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan. Rossiyalik olim Yu.Kashlev to‘plagan mana bu ma’lumotlarga e’tibor beraylik: Insoniyat XXI asrga 2,2 million radiopriemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan. Bundan 30-40 yil oldin buni tasavvur qilib ham bo‘lmas edi. Internet nomli magnatning paydo bo‘lishi 1995 yilga kelib undan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishini tashkil etishi, 1999 yilga kelib esa 171 million kishi undan foydalanishni o‘zlashtira olishi, 2002 yilga kelib internet abonentlari soni 500 millionga yetishi bu tizimning naqadar tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 2015 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 3 milliard kishi internetdan foydalana boshlagan.
Boshqacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo‘ldi. Bir paytlar qo‘shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysuntirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda.
Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.
Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan yana biri – bu, milliy-ma’naviy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda kirib kelayotgan begona madaniyatning jamiyat taraqqiyoti talablariga mos keluvchi ijobiy tomonlarini qabul qilishdagi ma’naviy saviyani ko‘tarish, barcha tashqi ta’sirga hushyorlik immunitetini hosil qilishdir. 1