27. Dala Sharoitida topografik kartalarni yaratish bosqichlari haqida ma’lumot bering. Topografik kartalarni dala sharoitda tahrir qilishda quyidagi hujjatlardan foydalaniladi. 1. Har bir topografik planga yoki kartaga maxsus muharrirlik ko‘rsatmasi yoziladi. 2. Aerosuratlarni o‘qish uchun andoza berilib, ularni joylash-tirish sxemasi ko‘rsatiladi. 3. SHu hududdagi o‘simliklar joylashgan maydonlar sxemasi chizilib ayrimlarining nomlari beriladi. 4. Maxsus geomorfologik sxema berilib, unda rel’ef tiplari, xarakteri (karstli, surilma va jarlik va hokazo) ko‘rsatiladi.
28. Kartografik tadqiqot usullari. Kartografiya — tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning joylashishini, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini, maxsus tasvir — obrazli belgi-modellar vositasida matematik yo‘l bilan tckislikda kichraytirib, generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir. Kartografiya fani quyidagi tarmoqlarga bo‘lib o‘rganilmoqda: tarixiy kartografiya; kartashunoslik; matematik kartografiya; kartalarni loyihalash va tuzish; kartografik semiotika; kartalarni jihozlash (dizayn), kartografik menejment, kartalarni nashr qilish; kartalardan foydalanish (kartografik tadqiqot usuli); geoinfor-matsion kartografiya; kartografik manbashunoslik va kartografik toponimika va boshqalar.
37. Topografik kartalarni nomenklaturalari.Yo‘l chetidagi svetoforlar, tunnellar, ko‘priklar va boshqa inshootlar to‘liq ko‘rsatiladi. SHaharlararo elektr liniyalar, aloqa vositalari hamda televizon kabellar ham tasvirlanadi. Yirik masshtabli kartalar ramkasining jihozlanishi to‘liq bo‘lishi kerak. Masalan, nomenklatura va shu varaqning nomi shu varaqda aholi yashaydigan joy bo‘lsa, mazkur joyning eng kattasining nomi bilan yuritiladi. SHuningdek, karta ramkasida tasvirlanayotgan mamlakat, respublika, viloyat va tuman chegaralari va nomlari, karta qaysi yili s’yomka qilinganligi yoki tuzilganligi, masshtablari, qo‘shni varaqlarning nomenklaturalari, koordinata to‘rilarining qiymati, magnit strelkasining og‘ish burchagi, gorizontallar oralig‘i va hokazolar aks ettiriladi.