1. Umumgeografik kartalarni amaliy ahamiyati


Kartalarning shartli belgilari va ularning turlari



Yüklə 429,75 Kb.
səhifə13/13
tarix21.06.2023
ölçüsü429,75 Kb.
#133382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1. Umumgeografik kartalarni amaliy ahamiyati

38. Kartalarning shartli belgilari va ularning turlari
38. artadan foydalanish, uning mazmunini o‘qib tushunish, ya’ni karta to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish va kartaning o‘quvchanligini oshirish uchun kartaning tili hisoblangan shartli belgilar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmoq kerak. Kartadagi belgilarning asosiy vazifasi tasvirlanayotgan voqea va hodislarning o‘rnini, turini (zavod, suv ombori, gaz quvuri, shaharning o‘rnini va b.), miqdorini (aholi soni, zavodning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, etishtirilgan yalpi paxta hosili), sifatini (sho‘r bosgan joylar, quduq suvining sifati, ko‘mirning sifati va b.lar), tarqalish xususiyatlarini (aholi zichligi, migrat-siyasi, shamollar harakati, geologik jarayonlar) ko‘rsatishdan iborat. Kartografik belgilar shartli belgilardan mazmunining kengligi, aniq shakli,
miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda aniqlilik darajasi bilan farq qilib, kartografiyada legenda deb yuritiladi. Dastlabki kartalarda voqea va hodisalar suratlar yoki shakllar bilan tasvirlangan, bu esa kartani o‘qishni osonlashtirgan. Masalan, tog‘lar perspektiv usulda berilib, shakl yordamida tasvirlangan, o‘simliklar ham shakllariga qarab ko‘rsatilgan (igna bargli va yaproq bargli), lekin ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin bo‘lmagan. SHuning uchun kartalardan to‘liq foydalanish va to‘liq ma’lumot olish uchun yangi belgilar qo‘llash zarurati tug‘ilgan. Tanlangan belgilar geometrik shaklda, badiiy va an’a-naviy shakllarda bo‘lganidan ma’lum darajada mazmunni anglatadi (4-rasm). Lekin kartada hamma predmetlarning ham aniq o‘rnini kartaning masshtabi asosida tasvirlash mumkin emas, chunki ularning egallagan maydoni juda kichik bo‘lib, masshtab asosida ko‘rsatilsa, o‘qish mumkin bo‘lmay qoladi.
Yüklə 429,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin