fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlaydi;
fazoda og’ma va perpendikulyarni bir-biridan farqlaydi;
fazoda dekart koordinatalari sistemasini tasvirlaydi, oktantlardagi ishoralarni
aniqlaydi;
fazoviy shakllar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar
usullarini masalalar yechishda qo’llaydi;
vektorlarning skalyar ko’paytmasini topadi, vektor uzunligi va ikki vektor
orasidagi burchakni hisoblaydi;
tekislikning umumiy tenglamasiga oid masalalarni yechadi.
KOGNITIV KOMPETENSIYA (SHAXSNING MUSTAQIL IJODIY FIKRLASH KOMPETENSIYASI): ALGEBRA standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, umumlashtirish usullari
yordamida strategik, refleksiv va evristik fikr yuritadi;
matematik tushunchalar, dalillar va algoritmlarni nostandart vaziyatlarda
qo‘llaydi;
o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va ravshan ifodalaydi, mantiqiy to’g’ri
savollarni tuzadi va ularga javob beradi;
statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarini bir turdan (ustunli, chiziqli va doiraviy
diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqasiga o‘tkazadi;
foizlarga doir moliyaviy va iqtisodiy masalalarni yechadi;
sodda irratsional tenglamalar va tengsizliklar sistemalarini mos usullarda
yechadi;
teskari trigonometrik funksiyalarning grafikarini xossalariga asosan farqlaydi;
elementar va murakkab funksiyalarning grafiklarini modellashtiradi.
GEOMETRIYA yassi va fazoviy geometrik shakllarni tasvirlashda hisoblash vositalari yoki
tayyor kompyuter dasturlardan foydalanadi;
yassi va fazoviy shakllar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni
yechadi;