1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
II. MATEMATIKA 
TA’LIMINING AMALDAGI HOLATI VA MAVJUD 
MUAMMOLAR 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bilim berishning 
zamonaviy pedagogik innovatsion uslublarini 
joriy etish O‘zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan 
mamlakatlar qatoriga kirishi, y
a’ni 2030-yilga kelib iqtisodiyotning fan va 
texnika yo‘nalishi bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga 
zamin yaratishda muhim shartlardan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim maktablari uchun majburiy 
bo‘lgan Davlat ta’lim standartlari talablarida berilgan tayanch ta’lim mazmuni 
bajarish, o‘quv dasturiga zamon talablaridan kelib chiqib, fundamental, nazariy 
yoki eksperimental fan sifatida yondashish, fanning falsafiy va metodologik
jihatdan yangilanishini, ta’lim mazmuni va o‘qitish uslubiga nisbatan 
takomillashtirilgan, samarali boshqaruv usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
Matematika ta’lim tizimining oxirgi yillardagi vaziyati tahlili quyidagi 
dolzarb muammolar bilan aniqlanadi: 
Matematika fanining jamiyatdagi o‘rni yetarlicha baholanmaganligi; 
Лойиҳа



umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
Fan bo‘yicha DTS talablarining yuqori belgilanganligi va o‘quv dasturi 
yuklamasining oshib ketganligi; 
Darsliklarda fan mazmunining «quruqligi», hayotdan ajralib va eskirib 
borayotganligi; 
Fanni o‘rganishga o‘quvchilar qiziqishining sustligi; 
Malakali matematika o‘qituvchilarining kamligi; 
Matematika fanining o‘quv metodik ta’minoti (o‘qituvchi kitobi, 
multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab 
chiqilmaganligi; 
O
‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, 
fan bo‘limlari va mavzularining o‘qitish ketma-ketligi hamda murakkablik 
darajasida vujudga kelgan nomutanosibliklarning mavjudligi; 
Matematkani 
o’qitish metodlarining eskirganligi; 
U
mumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy 
yondashuvlar
ga e’tibor qaratilmaganligi;
Mavjud oliy ta’lim muassasalarida matematika fani yo‘nalishida
tayyorlanayotgan pedagog kadrlarning bilim va ko’nikmalari sifati bugungi 
kun talablariga mos kelmayotganligi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin