9
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
VII. MATEMATIKA
FANINI O’QITISHGA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Matematika
ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish
bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
zamonaviy raqamli texnologiyalar va ta’lim texnologiyalarining
mustahkam integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish;
barcha
ta’lim muassasalarini tezkor va barqaror internet tarmog’iga
ulash;
ta’lim muassasalarini raqamli texnologiyalar, electron, multimediali
resurslar va tegishli d
asturiy ta’minotlar bilan ta’minlash;
o
’quvchilarning muqtaqil bilm olishlariga imkon beruvchi ta’lim
platformalarini yaratish va ularga matematika fani bo’yicha electron
kutubxona,
darslarning o’quv-uslubiy ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan barcha
electron resurslarni, video darslarni, multimediali interaktiv animatsion
ilovalarni joylash;
televideniye orqali berib borilayotgan “Onlayn maktab”, “Kasbiy
rivojlantirish” kurslarining matematikaga oid mashg’ulotlarining to’liq
versiyasini yaratish va platformaga joylab borish;
maktabda o’tilgan dars va mashg’ulotlarning oflayn versiyalarini
tayyorlash va platformaga
qo’yib borish, onlayn konfrensiyalarni o’tkazish
imkoniyatlarini yaratish hamda matematikadan sinfdan va maktabdan
tashqari turli masofaviy
ta’lim dasturlari va matematika fanini chuqurroq
o’rganishga qaratilgan ellektiv kurslarini tashkil etish.
VIII. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN
NATIJALAR
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi
ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
Rivojlangan davla
tlar qatoridan o‘rin olish uchun bilimli, tajribali va
zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh, kompetent
kadrlarni tayyorlanadi;
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida
belgilangan talablar uchun asos bo‘ladi;
Konsepsiyada belgilangan maqsad va vazifalarni amaliyotga keng joriy
etish o‘quvchi-yoshlarning intellektual rivojlanishiga samarali ta’sir etadi;
Matematika fanlari
ni o‘qitish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim
mazmuni va
o’quvchilarning bilim, ko’nikma a kompetensiyalariga
qo’yiladigan talablar me’yorlari aniqlashtiriladi;
STEAM ta’limini joriy etish orqali o‘quvchilarining fanlar integratsiyasi
asosida savodxonlik darajasini oshiradi;
ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich
oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlari va majmualarni yaratish hamda
ularni
yagona axborot ta’lim platformasiga joylashtirish tizimi yaratiladi;
Dostları ilə paylaş: