kommunikativ kompetensiya larni
shakllantirishda davlat
tili, xorijiy tillarni
o‘zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash, yozma va og‘zaki
ravon bayon etish,
to‘g‘ri talaffuz qilish, izohlab berish hamda erkin muloqot
qilishga o‘rgatish zarur. Xususan, matematika fanining o’z ilmiy tili, o’z
tushunchalari, belgi va timsollari ham ma
vjud bo’lib, bu tilda muloqot qilish -
kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish omili sifatida qaralishi lozim
bo’ladi.
Fanlarni o‘qitishda
axborot bilan ishlash kompetensiyasi ni
samarali
rivojlantirish
imkoniyatlarini
kengaytiruvchi
zamonaviy
axborot-
telekommunikatsiya vositalaridan muntazam foydalanish zarur. Bunda
o‘quvchilarni darslik va turli o’quv manbalari bilan ishlash, matematika
faniga oid axborotlarni turli manbalardan izlash, tahlil qilish va axborot
xavfsizligiga rioya qilgan holda axborot vositalari bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishda turli amaliy dasturiy paket va ta’minotlardan,
mobil qurilma (telefon, planshet va boshqa gadjetlar) lardan foydalanish
tavsiya etiladi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi ni
shakllantirishda
umuminsoniy qadriyatlar asosiga quri
lgan fazilatlarga ega bo‘lish, Vatanni
sevish, jamiyat va tabiat haqidagi bilimlarga ega bo‘lish, yangiliklarga
intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul
qilishga,
jamiyatda ro‘y berayotgan progressiv va innovatsion
o‘zgarishlarga xabardor va daxldor bo’lish, doimo zamonaviy bilim va
ko’nikmalarni egallashga intilish, hamda ulardan kundalik hayotda
foydalana olishga o‘rgatish zarur. Shu o’rinda matematika fanini puxta
o’rganish orqali o’quvchilar tartib-intizomga o’rqanadilar, har bir muammoga
matematik masala sifatida qarab, uni yechishda qat’iyatli bo’ladilar.