13
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
qurilmalarni yasash
uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning
maketini yaratish va uni amaliyotda ishlatib ko
‘rish, kamchiliklarini topish
hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi.
Matematik ta’limga kompetensiyaviy
yondashuv kasbiy, shaxsiy va
jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat
qilishga imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar
tomonidan egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib,
kompetensiyaviy
yondashuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini
kuchaytirishga qaratiladi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kichik o‘quv
tadqiqotlarni bajarish orqali umumta’lim fanlarini o‘rganishga qiziqishni
kuchaytirish maqsadida fan o‘quv dasturlariga
amaliy mashq va tatbiq
hamda loyiha ishi kiritildi. Bu holat nafaqat muayyan o‘quv fani bo‘yicha
o‘zlashtirish sifatini yaxshilaydi, balki fanlararo va fanning kundalik turmush
bilan bog‘lanish imkoniyatlarini ochadi va ta'lim samaradorligini oshiradi.
Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq
amaliyotga e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini
berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab
qilinadi. Matematika darslarida ko‘proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv
kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarda kichik tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantirishda kuzatish,
tajriba, o‘lchashlar, analiz (tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya,
taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan o‘rnida
foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shunchaki
shakllantirib
qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish
kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
B
u o’rinda loyiha ishlarining o’rni e’tiborga molik. O‘quvchilar bir o‘quv
yilida o‘zlari qiziqqan fani yoki ta’lim sohasidan faqat bitta loyiha ishini
bajarishlari tavsiya etiladi. Loyiha ishi mavzulari o‘qituvchilar tomonidan
bitta yoki bir necha o‘quv fanlari doirasida
muammoli vaziyat yoki keys
sifatida tanlanadi. Loyiha ishi mavzusi ustida o‘quvchilar alohida-alohida
yoki qiziqishlariga qarab 3-
4 kishilik guruh bo‘lib ishlashlari ham mumkin.
Loyiha ishi o‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan himoya bilan tugaydi. Himoyani
bitta yoki bir necha o‘quv fanlari doirasida konferensiya tarzida o‘tkazilishi
mumkin. Loyiha ishi mavz
usi ustida o‘quvchilarning individual yoki guruhiy
ishi quyidagi o‘quv faoliyatlarni o‘z ichiga olishi mumkin: o‘z izlanish
faoliyatlarini rejalashtirish, vazifalarni o‘zaro taqsimlab olish, oldilariga o‘quv
maqsadlarini qo‘yish, kerakli ma’lumotlarni izlab topish,
mavzuga doir
muammoli vaziyat yechimlarini qidirish, ulardan eng maqbulini tanlash va
uni asoslash, zarur hollarda so‘rovlar yoki tajribalar o‘tkazish,
loyiha ishi
natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, o‘z faoliyatlarini tahlil qilish va
baholash, loyiha ishi himoyasi uchun taqdimot tayyorlash va uni himoya
qilish. O‘quvchilar loyiha ishi muammosi bo‘yicha
izlanishlarini odatda
darsdan tashqari mustaqil mashg‘ulotlarda olib borishadi.
Dostları ilə paylaş: