1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan sifatida



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/7
tarix26.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#90140
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan si


1-MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOT XO’JALIK TIZIMI VA IQTISODIY FAN SIFATIDA
Reja:
1.1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mohiyati
1.2. Post-industrial iqtisodiyotda yangi hodisalar
1.3. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi
1.4. Raqamli iqtisodiyotning institutsional tuzilmasi. Raqamli iqtisodiyotning sub’ektrlari, ob’ektlari va institutlari tizim sifatida.
1.5. Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o’sish.

Maqsad: post-industrial iqtisodiyotda yangi hodisalarni o'rganish, "raqamli iqtisodiyot" tushunchasining mohiyatini ochish, uning institutsional tuzilishini tizim sifatida o'rganish, shuningdek raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy o'sishga ta'sirini ko'rib chiqish.
Asosiy tushunchalar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, institutsional tuzilma, iqtisodiy o'sish.

1.1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mohiyati
XX asr oxiri - XXI asrning boshidagi dunyo iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tendentsiya sanoat va postindustriya iqtisodiyotidan raqamli iqtisodiyot deb ataladigan yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) tarmoqli foydalanishga asoslangan iqtisodiyotga o'tish hisoblanadi.
AKT - bu kompyuter qurilmalari, shuningdek telekommunikatsiyalar yordamida amalga oshiriladigan axborot bilan o'zaro ta'sir jarayonlari va usullari.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • ma'lumotlar almashish vositalari (televidenie, radio, simsiz tarmoqlar, Internet, Bluetooth, statsionar va mobil telefoniya);

  • ma'lumotlarni yozish va saqlash vositalari (qattiq disklar, disklar CD / DVD / Blue-ray, xotira kartalari);

  • ma'lumotlarni qayta ishlash moslamalari (kompyuterlar, serverlar, kompyuter tarmoqlari)

  • dasturiy ta'minot - kompyuterlarning ishlashini va amaliy masalalarni hal qilishni ta'minlaydigan dasturlar to'plami.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining yondashuvlariga ko'ra, so'nggi o'n yilliklarda butun dunyoning iqtisodiy rivojlanishida global AKT bozorining roli ustuvor o’rinlar egallay boshladi. Jahon AKT bozorining subyektlari davlatlar, kompaniyalar, universitetlar, maxsus fondlar va jismoniy shaxslardir. Uning ob'ektlari bo’lib moddiylashtirilgan shakldagi (masalan, yangi dasturiy-texnik vositalar) va nomoddiy shakldagi (litsenziyalar, patentlar) intellektual faoliyat natijalari xizmat qiladi. Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda AQSh AKT bozorida etakchi hisoblanadi: uning hissasiga AKT segmentidagi xarajatlarning 28 foizidan ortig'i to’g’ri keladi. Undan keyin Yevropa ittifoqi (26,1%), Yaponiya (9,3%), Xitoy (8,1%) va Hindiston (2,2%) turadi.
AKT sektori - bu iqtisodiyotning sohasi bo'lib, unga axborotni elektron ko'rinishda ro'yxatdan o'tkazish, qayta ishlash, uzatish, takrorlash va namoyish qilish bilan bog'liq bo’lgan boyliklar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan korxonalar kiradi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin