1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan sifatida


Post-industrial iqtisodiyotda yangi hodisalar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/7
tarix26.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#90140
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan si

1.2. Post-industrial iqtisodiyotda yangi hodisalar
Ko'plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar raqamli iqtisodiyotni axborot iqtisodiyoti, bilimlar iqtisodiyoti, ijodiy iqtisodiyot, internet iqtisodiyoti, tarmoq iqtisodiyoti, elektron iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot va boshqalar kabi tushunchalar bilan bir xil deb hisoblaydilar. Ushbu atamalar ko'pincha postindustriya iqtisodiyotdagi yangi hodisalarni belgilashda bir-birining o'rnida sinonim sifatida ishlatiladi (1.1-rasm).

1.1. rasm. Post-industriyal iqtisodiyotidagi yangi hodisalar
Ushbu tushunchalar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rib chiqamiz.
Axborot iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish emas, balki moddiy shaklda (yuqori texnologiyalar mahsulotlari) ham, nomoddiy shaklda ham axborotlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish bo'lib, natijada u nafaqat iqtisodiyotning, balki umuman jamiyat rivojining asosiy omiliga aylanadi.
Axborotga asoslangan axborot iqtisodiyoti asta-sekin bilimlar iqtisodiyotiga aylanmoqda, bunda iqtisodiyotning asosiy mahsuloti endi axborotning o'zi emas, balki bilim va unga ega bo'lishdir.
Bilimlar iqtisodiyoti ijodiy iqtisodiyotga o'tmoqda - intellektual faoliyatga asoslangan iqtisodiyotning maxsus sektori, uning asosiy xususiyatlari inson faoliyatining turli sohalarida yangi texnologiyalar va kashfiyotlarning yuqori roli hamda mavjud bilimlarning katta hajmi va yangilarini ishlab chiqishga o’tkir ehtiyojdan iborat.
Axborot tarmoqlaridan, birinchi navbatda internetdan ommaviy foydalanish sharoitida internet iqtisodiyoti – ya’ni internetda har qanday xo’jalik faoliyati sifatida va tarmoq iqtisodiyoti – ya’ni biznesda zamonaviy axborot texnologiyalaridan qo’llash tushunchalari paydo bo'ldi.
Shu bilan bir qatorda, elektron iqtisodiyot atamasini AKT muhitida shakllantiriladigan va joriy qilanadigan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashinish va yakuniy iste'mol qilish sohasidagi iqtisodiy munosabatlar to'plami sifatida joriy etish zarurati paydo bo'ldi.
Ba'zi bir mualliflar yuqorida sanab o'tilgan atamalarni yangi iqtisodiyot tushunchasiga birlashtirishga harakat qildilar – bu post-industrial, post-iqtisodiy rivojlanish bosqichi sinonimi bo’lib, bunda iqtisodiyotning an'anaviy sektori yangi elementlar bilan birlashtiriladi va u butun tizimga tubdan boshqacha sifat beradi. Bu yangi yuqori texnologiyalar sohasi iqtisodiyoti bo’lib, unda bilimlarni ishlab chiqarish iqtisodiy o'sish manbai hisoblanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin