1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan sifatida



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/7
tarix26.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#90140
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan si

Raqamli iqtisodiyot - bu davlat, ishbilarmon doiralar va fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va texnologik munosabatlar tizimi bo’lib, global raqamli makonda ishlab chiqarishning raqamli turlari va shakllarini yaratish va mahsulot va xizmatlarni iste'molchiga targ’ib qiluvchi raqamli tarmoq texnologiyalaridan keng foydalanish orqali faoliyat ko'rsatadi. Bu raqamli texnologiyalar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda innovatsion o'zgarishlarga olib keladi.
Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonun va qoidalardan farq qiladigan o’ziga hos qonun-qoidalar amal qiladi. Shu nuqtai-nazardan aytish joizki, an’anaviy iqtisodiyotdan alohida ravishda bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» iqtisodiyot bu – gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu – real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir.
Raqamli iqtisodiyotning uchta asosiy tarkibiy qismi mavjud:

  • infratuzilma, shu jumladan apparat, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya va boshqalar.

  • virtual bozor sub'ektlari o'rtasidagi virtual o'zaro munosabatlar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes-jarayonlarni qamrab oluvchi elektron tijorat operatsiyalari;

  • kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat operatsiyalarini, shuningdek bunday operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan biznes jarayonlarini o'z ichiga olgan elektron tijorat.

Raqamli iqtisodiyot ekotizimi 8 xabni o'z ichiga oladi (1.2-rasm).

1.2. rasm. Raqamli iqtisodiyot ekotizimi.
Raqamli iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlari ajralib turadi:

  • elektron tijorat - bu virtual do'konlarda internet orqali amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlarning do’konlarsiz savdosining yangi turi;

  • elektron marketing - bu korxonaning (tashkilotning, kompaniyaning) axborot-tahliliy va ekspert-tadqiqot faoliyati ob'ekti bo'lgan elektron vositalardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan kompaniyaning marketing faoliyati majmui;

  • elektron banking - mijoz tomonidan masofadan uzatiladigan buyurtmalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari (ya'ni, bankka tashrifisiz), ko'pincha kompyuter va telefon tarmoqlaridan foydalangan holda;

  • elektron sug'urta xizmatlari - internet orqali buyurtma berish mumkin bo'lgan sug'urta xizmatlari.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin