1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix23.02.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#52989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
d2339d26fc503592e3b2a4b64d9538be

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Лойиҳа



 

 

 



 

 

  



 

 



umumiy o

‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

 

1. AMALIY FANLAR TAVSIFI  

Amaliy fanlar blok-

moduli o‘z ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at, 

Chizmachilik,  Texnologiya,  Jismoniy  tarbiya  va  Chaqiriqqa  qadar 

boshlang‘ich  tayyorgarlik  o‘quv  predmetlarini  qamrab  oladi  hamda  o‘zaro 

aloqadorligini ta’minlaydi.  

O‘quvchilarni  ma’naviy  dunyosini  boyitish,  borliqni  idrok etishda  uning 

yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy 

faoliyatida  ifodalash  orqali  tafakkurini  o‘stirish,  ijodkorlikni  rivojlantirish, 

innovatsion  g‘oyalarni  yaratish  hamda  kundalik  hayotga  tadbiq  etishga 

o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi.  

Shuningdek,  o‘quvchilarni  ma’naviy,  badiiy,  ahloqiy  madaniyatini 

rivojlantirib,  ijodiy  mahorat,  badiiy-

estetik  didini  o‘stirishda,  kasb-hunarga 

yo‘naltirish  bilan  birga,  jismonan  baquvvat  bo‘lib,  sog‘lom  turmush  tarziga 

amal  qilish,  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  va  hayotiy  ko‘nikmalarni 

rivojlantirish Amaliy fanlar tarkibida olib boriladi. 

Yuqori texnikaviy-

texnologik innovatsiyalar, ma’lumotlar oqimining o‘sib 

borishi  hayotning  barcha  jabhalarida  to‘rtinchi  texnologik  inqilobni  yuzaga 

keltirmoqda.  Shaxsning  qiziqishlari  va  jamiyatning  talablari  o‘zgarmoqda. 

Kundalik  hayotni  ilmiy-tadqiqot,  texnika  taraqqiyoti  konsepsiyalari  bilan 

ta’limning  integrativ  yondashuvini  STEAM  ta’limi  joriy  etadi.  Bunday 

yondashuvdan  maqsad  - 

ta’lim  berish  orqali  butun  dunyo  taraqqiyoti  va 

iqtisodiyotining  barqaror  rivojlanishini  ta’minlashda  maktab,  jamoatchilikni 

jalb  qilib,  ilmiy  savodxonlik,  raqobatbardoshlikni  targ‘ib  qilishga  qaratilgan. 

Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, o‘g‘il bolalar yog‘ochga va 

metalga  ishlov  berishni,  tasviriy  san’at  va  chizmachilik  darslarida  rasm  va 

chizmalar  qalam  bilan  qo‘lda  chizishni  o‘rganishgan  bo‘lsa,  hozirgi  kunda 

buning  o‘zi  yetarli  bo‘lmay  qoldi.  Bugungi  kunda  butun  dunyo  maktab 

o‘quvchilarini 

robototexnika, 

modellashtirish, 

konstruksiyalashtirish, 

programmalashtirish,  3D-

loyihalashtirish  va  boshqa  ko‘plab  yangiliklar 

qiziqtirmoqda. 

Bunday qiziqishlarni amalda sinab ko‘rish uchun yanada murakkabroq 

bilim,  ko‘nikma,  malakalarni  egallash  va  kompetensiyalarni  shakllantirish 

zarur bo‘ladi. Bu o‘rinda nafaqat bilish va uddalay olish balki, tadqiqot olib 

borish va ixtiro qilish talab etiladi.  

STEAM-


ta’limi  DTS  asosida  beriladigan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarning  ilmiy  jihatdan  qanday  qilib  kundalik 

hayot  bilan  bog‘liqligini 

ko‘rsatish  orqali  sinfdagi  dars  mashg‘ulotlari  va  maktabdan  tashqari  ta’lim 

jarayonida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarib 

ko‘rish,  loyihalashtirishga  yo‘naltirilgan  ijodkorligini  tarbiyalash,  yangiliklar 

yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin