11
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
darsliklarda o‘quvchilarni faollashtirishga doir savol va o‘quv topshiriqlari
berilgan, biroq, refleksiv, o‘zini o‘zi rivojlantirish va baholash ta’lim
texnologiyalari, badiiy-
estetik tahlilga asoslangan o‘quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatiga mos tashxis vositalaridan samarali foydalanilmagan.
mavzular izchillikda tizimlashtirilmagan va ayrim juda ilmiy atamalar
qo‘llanilgan.
3-bob. MUSIQA MADANIYATI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
3.1. Musiqa madaniyati fanining maqsadi
– o‘quvchilarda san’at, badiiy-
estetik
va
ijtimoiy-
emotsional ko‘nikmalar, milliy, umummadaniy
qadriyatlarga asoslangan shaxsiy fazilatlar, amaliy ko‘nikmalarni
rivojlantirishdir.
3.2. Musiqa madaniyati fanining vazifalari:
musiqiy xotira, diqqat, tasavvur, harakatlar koordinatsiyasi kabi
psixologik faoliyatlarni shakllantirish, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish;
o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini tinglab, idrok etishga o‘rgatish,
kuy ohangini, ifoda vositalarini xis qilish;
musiqa savodiga oid nazariy bilim (kalit so‘zlar)larni bilish va amalda
qo‘llash;
kuy va qo‘shiqlarni tinglash orqali tuzilishi, janr (ommaviy va
professional) jihatlarini bir-
biridan ajrata olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
musiqa madaniyati fanining moddiy-texnik
ta’minotini mustahkamlash,
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan
ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vokal-
jamoa bo‘lib kuylash malakalarini rivojlantirish: xalq og‘zaki
ijodining professional janri, milliy maqom ijrochilik san’atining mahalliy
uslublari haqidagi boshlang‘ich bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
musiqa madaniyati fanining ilmiy
metodik ta’minotini rivojlantirish;
musiqa madaniyati fanining moddiy-
texnik ta’minotini mustahkamlash,
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish;
malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta’lim standartlarini joriy
etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy
etish;
fanning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va
shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini
ishlab chiqishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |