10
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
badiiy madaniyatni rivojlanishi,
ma’naviy-intellektual salomatligini asrash,
o‘quvchilarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifalardan
hisoblanadi.
Musiqa madaniyati fani o‘quvchilarda xotira, diqqat, tasavvur, harakatlar
koordinatsiyasi kabi psixologik faoliyatlarni shakllantirish bilan birga badiiy
va estetik did sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2. Ushbu f
anni o‘qitishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash orqali
o‘quvchilarda madaniy qadriyatlarga asoslangan ijodiy va shaxsiy fazilatlar
shakllantirilishi lozim bo‘lsada, mazkur fan mazmuni va o‘qitilishida quyidagi
muammolar mavjud:
musiqa madaniyati fanida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga
olib, amaliy faoliyatiga yetarlicha vaqt ajratilmayotganligi o‘quvchilarning
individual ijodiy rivojlanishini susaytirmoqda;
ijodiy erkinlikni ta’minlash maqsadida amaliyotchi o‘qituvchilar
tomonidan DTS asosida alternativ darsliklarni yaratilishi va ulardan tajriba
sinov tarzida foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda musiqa madaniyati
darslarining yillik yuklamasi 34 soatdan 17 soatga qisqarganligi, DTS
talablarini to‘liq bajarilishiga to‘sqinlik qilmoqda;
aksariyat
umumta’lim maktablari musiqa madaniyati fani uchun zarur
bo‘lgan jixozlar va cholg‘ular bilan jixozlanmagan;
darsliklarda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarda bilishga
qiziqish, ishtiyoq va maylni hosil qiladigan o‘yin va mashqlar, art-
texnologiyalar o‘z aksini topmagan;
o‘quvchilarni o‘zaro hamkorlikda ishlash, mazkur fan bo‘yicha
mashg‘ulotlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga asoslanib o‘qitish
yo‘lga qo‘yilmagan;
mazkur fanni o‘qitishda ilg‘or xorijiy, jumladan, Janubiy Koreya,
Yaponiya kabi Osiyoning rivojlangan davlatlari tajribasi hisobga olinmagan;
o‘quv dasturlari va darsliklar mazmunida tizimlilik, uzviylik
va uzluksizlik
tamoyillariga rioya qilinmagan;
mavzularda ketma-ketlik va izchillik hisobga olinmagan;
mavzularni o‘zlashtirish shaxs rivojining kognitiv (bilish) sohasiga
yo‘naltirilgan bo‘lib, kreativlik, ijtimoiy-emotsional va shaxsiy fazilatlarni
rivojlantirishga xizmat qilmaydi;
mavzularni o‘zlashtirish uchun asosan bilimlarni tekshirishga doir test
savollaridan foydalanish bilan cheklanilgan;
mazkur fanlarda o‘qitiladigan mavzular sinflar bo‘yicha tahlil qilinganda
ko‘plab mavzular fanlar va mavzular aro integrallashtirilmagan;
darslikdagi o‘quv materiallari o‘quvchilarni musiqaga doir bilimlar bilan
qurollantirishga xizmat qilishi mumkin, biroq amaliy ko‘nikmalar, ijodiy va
ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni (fazilatlar) shakllantirishga imkon
bermaydi;
Лойиҳа