13
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlar aniq ifodalangan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni
keltirishda mavhum
likka yo‘l qo‘yilmasligi;
v) pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy
asoslangan ma’lumotlar,
o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga
olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy
qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan
shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik
xususiyatlariga mos holda berilishi,
ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va
fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan
bilimlarini
o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
g) estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;
matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv
faniga qiziqish uyg‘otishi;
bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar
bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq
ifodalanishi lozim.
d) gigienik talablar:
matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va
qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va
shaffofligi)
me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |