1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix23.02.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#52989
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
d2339d26fc503592e3b2a4b64d9538be

 

 

14 

umumiy o

‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

 

6-bob. 



MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISH METODOLOGIYASI 

6.1. Musiqa madaniyati fanini o‘qitishning asosiy tamoyillari: 

Musiqa madaniyati fanining aniq maqsadga qaratilganligi;  

ilmiylik  (har  bir  o‘quv-tarbiyaviy  jarayon  elementlarining  puxta 

asoslanganligi,  samaradorlikning  amaliy  faoliyat  natijalari  asosida 

baholanishi); 

pedagogik  va  texnologik  shart-

sharoitning  ta’minlanganligi  (ko‘zda 

tutilgan natijaga erishishni tizimli amalga oshirish); 

uzviylik, uzlyuksizlik (o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malakalar negizida 

yangi  bilim,  amaliy  ko‘nikma,  malakalarni  shakllantirib  borish,  ularning 

navbatdagi bosqich uchun asos bo‘lishiga erishish); 

individual  yondashuv  (har  bir  o‘quvchining  shaxsi  bilan  yaqindan 

tanishish,  uning  xarakteri,  ehtiyojlari,  hayotiy  tajribasi,  shaxsiy  sifatlarini 

o‘rganish va ularga tayanib ish ko‘rish); 

o‘quv-tarbiya  jarayonida  o‘quvchilarning  ijobiy  fazilatlarga  tayanish 

(mavjud  ijobiy  qobiliyat  va  fazilatlar  negizida  yangi  sifatlarni  rivojlantirish, 

salbiy illatlarni bartaraf etib borish); 

o‘quv-tarbiya 

jarayonining 

dinamik 


xususiyatga 

egaligi 


(shakllantiriladigan qobiliyat va fazilat to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lish – 

tushunchani hosil qilish 

– bilimga ega bo‘lish – ko‘nikmaning shakllanishiga 

erishish 

– malakani hosil qilish – odatning shakllanishiga erishish – muayyan 

ma’naviy-axloqiy,  badiiy-estetik  fazilat  va  amaliy  ko‘nikmalarning  mavjud 

darajasi); 

o‘quvchilarning  yosh,  pedagogik-psixologik,  milliy  va  shaxsiy 

xususiyatlarini inobatga olish; 

ta’lim va tarbiya birligi;  

yaxlit yondashuv (o‘quv-tarbiya jarayoniga mas’ul sub’ektlar tomonidan 

ta’limiy maqsadning bir xil tushunilishi); 

pedagogik  hamkorl

ik  (o‘quv-tarbiya  jarayoni  sub’ektlari  –  oila,  ta’lim 

muassasalari,  jamoatchilik  o‘rtasida  hamkorlikni  qaror  toptirish  va  uni 

mustahkamlash). 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin