12
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida
musiqa madaniyati fani
bo‘yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqish;
musiqa madaniyati fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish;
tayanch
o‘quv rejaga muvofiq musiqa madaniyati fanining sinflar va
mavzular
bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va
shakllantiriladigan kompetensiyalari asosida
o‘quv dasturlarini ishlab
chiqish;
musiqa madaniyati fani
bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik
majmualarni (darslik, mashq daftari,
o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma,
darsliklarning multimediali ilovasi) yangi avlodini bosqichma-bosqich ishlab
chiqish;
musiqa madaniyati fanining mazmuni,
o‘ziga xos xususiyatlari, malaka
talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda
baholash tizimini ishlab chiqish;
4.2.Musiqa madaniyati fani
bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik
majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga
qaratilganligi;
umumiy o‘rta ta’limning zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil
ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va
amaliy tajriba ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
4.3.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar
qo‘yiladi:
a) didaktik talablar:
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini
ta’minlash;
rasmlar
ko‘rinishidagi
illyustratsiyalar:
sxemalar,
jadvallar,
diagrammalar va fotosuratlar
bilan bezatilgan bo‘lishi;
yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, ta’riflar va shu kabilar lug‘at
ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.
b) ilmiy-metodik talablar:
fan-
texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;
o
‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan
bo‘lishi;
o‘quv fani mavzulari o‘zbek adabiy tili qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda
oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;
milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan
Лойиҳа