24
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Musiqa savodi faqatgina nota savodidan iborat bo‘lmay, balki
o‘quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi (musiqa
shakllari, janrlari, cholg‘uchilar ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi,
ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota
savodi va boshqa) bilimlarni singdirib borishdan iboratdir.
Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at),
intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda vositalari,
oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor haqida tushuncha beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fanida berilgan
qo‘shiqlar, nota materiallari o‘quvchilarning imkoniyati, ovoz diapazonlariga
mos holda mantiqiy ketma-ketlikda berilgan.
O‘qituvchi ushbu dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy
jihatdan muhim va o‘quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo‘lgan kuy va
qo‘shiqlardan iborat yangi asarlardan fan uyushmasining bayonnomasiga
asosan 30% o‘zgartirib, foydalanish huquqiga egadir. Shuningdek, sinflar
kesimida berilgan boblar uchun ajaratilgan soat shu bob mavzularini
o‘qituvchi tomonidan taqsimot qilinishi mumkin.
O‘qituvchi dars jarayoning barcha faoliyat turlarida cholg‘u asboblaridan
va qo‘shimcha texnika vositalaridan foydalanib, tushuntirishi mumkin.
Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman va rus) tillarda
olib boriladigan maktablar uchun o‘quv dasturiga o‘zining milliy
qadriyatlaridan, madaniy merosidan kelib chiqib, bastakor, kompozitor, milliy
cholg‘ulari, kuy va qo‘shiqlaridan 50%gacha o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |