1. umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san`at o'qitish tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi


Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 77,55 Kb.
səhifə13/19
tarix19.06.2023
ölçüsü77,55 Kb.
#132830
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas

Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg`ulotlarda talabalar chizmachilik darslarini tashkil etishda va o‘tkazishda zarur bo‘ladigan amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg`ulotlarning tahminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Chizmachilik bo‘yicha maktab dasturi, darsligi, standartlar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishish. «Qiziqarli chizmachilik», «Chizmachilik darslarida ijodkorlik», «Chizmachilikdan didaktik uyinlar», «Yaqqol geometriya». O‘quv qo‘llanmalari, topshiriqlar to‘plamlari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va ulardan darsda foydalanish.
2. Sinf doskasida rasm, chizma va eskiz bajarish. Sirt hajmini modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
3. Tanlangan mavzu bo‘yicha muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanib va barcha o‘qitish vositalari (metodik ta`minot) ni tayyorlagan holda darsning reja-konspekti (bayon) ni tuzish. Doskada namoyish qilinadigan plakatlar, maketlar va h.k.larning eskiz shaklidagi to‘liq ishlanmalari va dars stsenariysi ishlanmasi.
4. Loyihalangan rejaga asosan maktabda chizmachilik darsi (yoki uning bir qismi) ni o‘tish (modellashtirish). Ta`limning ijodiy metodlaridan foydalaniladi.
5. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash. Tayyorlangan qo‘llanmani himoya qilish paytida talaba uning didaktik ahamiyati va estetik sifatini tahlil kilib beradi.
6. Chizmachilikdan dasturlashtirilgan dars o‘tishni loyihalash. O‘quvchilar bilimini baholash (reyting nazoratlari) uchun kartochka topshiriqlar tuzish. Dasturlashtirilgan dars loyihasini tayyorlash (tanlangan mavzu bo‘yicha).
7. Chizmachilik darslarida ijodiy masalalardan foydalanish.
Ijodiy masalalarning turlari va ularni tuzishga qo‘yiladigan talablar; ijodiy jarayon, ijodiy masalalarni tahlil qilish va echish bosqichlari. Tanlangan mavzu bo‘yicha ijodiy masala tuzish
8. Grafikadan fakultativ mashg`ulotlar turlari va ularni tashkil qilish. Mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olib; dizayn, badiiy loyihalash, badiiy-bezak san`ati (xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha), xalq amaliy bezak san`ati, qurilish chizmalari va me`morchilik asoslari, yo‘nalish bo‘yicha fakultativ mashg`ulotlar. Mashg`ulotlar uchun ishchi-rejalar tuzish.
9. Chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. Tematik kechalar; sayohatlar, to‘garaklar, olimpiadalar, tanlov va viktorinalar, ko‘rgazmalar uyushtirish.
10. O‘quvchilarni aksonometrik proektsiya, texnik rasm bajarish va o‘lcham qo‘yishga o‘rgatish metodikasi. Har xil detal modellari, aksanometriya turi .
11. O‘quvchilarda kesim va qirqimlar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash usullari. Kesim va kirkim urtasidagi farqni tushintirish.
12. Mashinasozlik chizmalarini o‘qish va bajarishga o‘rgatish. Oddiy detal va yigish birliklari va ularning chizmalari.
13. Chizmalarni bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar. Tipik xatolar taxlili
14. Yarim yillik jadvalli-mavzuli reja tuzish. Umumta`lim maktablari yoki kasb-hunar kollejlari dasturi va darsligiga asosan jadvalli mavzuli reja tuziladi.
15. Chizmachilik kabinetini jixozlash loyixasini tuzish. Eskiz shaklida.
16. Chizmachilikdan dars o‘tishni mashq qilish (yoki darsning bir qismi). Dars guruhda o‘tib, talabalar bilan birgalikda tahlil qilinadi.


Yüklə 77,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin