1. umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san`at o'qitish tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi



Yüklə 77,55 Kb.
səhifə14/19
tarix19.06.2023
ölçüsü77,55 Kb.
#132830
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas

Grafik ishlarning mazmuni.
1. Yarim yillik mavzuli va tasvirli reja tuzish.
2. Berilgan mavzu bo‘yicha darsni ilmiy va uslubiy ishlab chiqish.
3. Shu darsga oid ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar ishlanmasi.
4. Berilgan mavzu bo‘yicha darsning bayonini tuzish.
5. Ko‘rgazmali qurol eskizini tayyorlash.
Kurs ishini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlari bo‘yicha bajariladigan kurs ishi talabalarda tanlagan mavzusi bo‘yicha adabiyotlarni, ya`ni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalarni izlab topish va ular bilan ishlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu jarayon talabaning ilmiy metodik tayyorgarligini oshiradi va mustaqil ijodiy ishlash faoliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, hamda bevosita pedagogik jarayonda uni qo‘llay olishdan iborat. Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish ya’ni, o‘rta umumta’lim maktablari va kasb hunar kollejlarida pedagogik jarayonga boqliq holda ishlab chiqiladi va har bir talabaga alohida shaxsiy topshiriq beriladi
Tasviriy san’at bo‘yicha kurs ishi mavzusi sifatida ma’lum bir davrning san’at tarixi, mashhur haykaltarosh yoki rassomning hayoti va ijodi, tasviriy san’atdagi turli oqim va yo‘nalishlar mavzusi uluq rassom va ijodkorlarning mashhur asarining ltahlili shaklida bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham o‘qituvchi kurs ishini taqsimlash va tushuntirish uchun o‘quv rejasida ajratilgan 4 soat ichida kurs ishining mohiyati, tadqiqot olib borish usullari va adabiyotlar bilan ishlash, ya`ni ularda masalaning qo‘yilishi, nima ish qilinganligi, ularning mavjud ishlardan farqi, taklif yoki tavsiya qilinayotgan usullarni ajrata olish haqida batafsil tushuntirish nazarda tutiladi.

Kurs ishi:


- talabada tanlangan mavzu bo‘yicha o‘z nazariy bilimini chuqurlashtirishi;
- psixologik-pedagogik, metodik va o‘quv materiallarini tahlil qilish malakasini o‘zlashtirshi;
- pedagogik eksperimentni rejalashtirishi, tayyorlashi va o‘tkazishi;
- eksperiment natijalariga ishlov berish malakasini egallashi;
- nazariy va eksperiment natijalarini umumlashtirish malakasini egalashga imkon yaratadi.
Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan kichik ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi, shuning uchun ham mavzuning dolzarbligi va bajarilgan ishning sifatiga qarab talabalarning ilmiy anjumanlariga tavsiya etilishi yoki bo‘lg`usi diplom ishiga asos qilib olishiga maslahat qilinishi mumkin.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o‘kuv yilining boshida shu o‘quv yili uchun tasdiqlanadi. Talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab olgandan so‘ng, bu mavzu bo‘yicha ish rejasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan so‘ng kafedra unga ilmiy rahbar tayinlaydi. Endi talaba kurs ishini o‘z ilmiy rahbarining bevosita rahbarligida bajara boshlaydi. Kurs ishi A-4 (210-297) format qog`ozida bajariladi. Matn joylari tushunarli, aniq yozilishi, agar imkoniyati bo‘lsa, yozuv mashinkasida bosilishi yoki kompyuterda terilishi lozim. Bajarilgan chizmalar davlat standarti talablariga to‘la javob berishi va ular varaqlarda oqilona joylashtirilgan bo‘lishi shart.
Kurs ishi risola shaklida bo‘lib, unda sarvaraq, mundarija, matn, adabiyotlar ro‘yxati va ilova o‘rin oladi.


Yüklə 77,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin