1. Umumiy tushuncha To'g'ri burchakli izometrik proeksiyalar 3


Tekis shakllarning izometrik proyeksiyasini yasash



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163245
1   2   3   4
12--amaliy

Tekis shakllarning izometrik proyeksiyasini yasash.

Kundalik turmushimizda uchrab turadigan har qanday buyumlar geometrik sirtlardan tashkil topadi. Geometrik jismning asoslari yoki tomonlari, umuman tekis shakldan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra quyida tekis geometrik shakllardan, masalan, kvadratning to‘g‘ri burchakli proyeksiyasiga binoan (6.4-shakl, a) uning H, V, W aksonometriya tekisliklaridagi izometrik proyeksiyalarini yasashni ko‘rib chiqamiz. Izometrik o‘qlami chizib olib, to‘g‘ri burchakli proyeksiyadagi (6.4- shakl, a) OA, OB, OC, OD kesmalarni O nuqtadan (6.2- shakl, b) OX, OY o‘qi bo‘ylab ikki tomonga o‘lchab qo‘yamiz va OX, OY o‘qlariga parallel chiziqlar chizib, o‘zaro kesishtiramiz. Kvadratning M, N uchlari OZ o‘qida kesishadi. E, F uchlari esa OZ o‘qiga perpendikulyar o‘tgan chiziqda kesishadi. Demak, EF Ѓ} MN, bu yerda H tekisligiga parallel kvadratning izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi. V tekisligiga parallel 6.4-shakl kvadratning izometrik proyeksiyasini yasash uchun to‘g‘ri burchakli proyeksiyadagi (6.3-shakl, a) OA, OB masofalami OX o‘qiga, OC, OD masofalami esa OZ o‘qiga (6.4-shakl, d) o‘lchab qo‘yamiz, keyin OX va OZ izometrik proyeksiya o‘qlariga parallel chiziqlar chizib, ulami o‘zaro kesishtiramiz, natijada M N l FF, OY o‘qida F, F uchlari va OY o‘qiga perpendikulyar chiziqda M, N uchlari kesishadi. 2.3-shakl, c da W tekisligiga parallel kvadratning izometrik proyeksiyasi tasvirlangan. Bunda ham FF 1 MM hosil bo‘ladi. M, N, uchlari OX o‘qida kesishadi, F, F uchlari OX o‘qiga perpendikulyar chiziqda kesishadi. Umumiy holda uchchala (H, V, W) proyeksiya tekisligining izometrik proyeksiyasi romb bo‘lib, hususiy hollarda to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak yoki to‘g‘ri chiziq bo‘lib tasvirlanadi.


6.5- shakl, a da berilgan muntazam oltiburchakning to‘g‘ri burchakli proyeksiyasi bo‘yicha u n i n g a k s o n o m e t r i k tekisliklaridagi izometrik proyeksiyalarini yasash bosqichma-bosqich to‘liq ko‘rsatilgan (6.5- shakl, b, d, c). Oltiburchakning 1 ya 4 uchlari OX va OY o‘qlarida yotadi. Lekin ulami 90°burchakka burilsa, OZ o‘qida yoti-shi mumkin. AO va BO kesmalami O dan H tekisligida OU o’qiga, V,W tekisligida OZ o’qiga o’lchab qo’yib, OH o’qiga (6.5- shakl b, d) va OY o‘qiga (6.5- shakl, c) parallel chiziqlar chizib, A dan 2 va 3, S dan 5 va (5 nuqtalami olib qo‘yamiz hamda hosil bo‘lgan nuqtalami o‘zaro tutashtiramiz.
Texnika detallarining aksonometrik proyeksiyasini yasashda ham tekis shakllaming aksonometriyasini yasashdagi usullardan foydalanamiz. 6.6-shaklda prizmatik suxaming to‘g‘ri burchakli proyeksiyalari berilgan bo‘lib, uning izometrik proyeksiyasini yasash zarur, buning uchun:
1. Izometrik proyeksiyasi yasalishi kerak bo‘lgan detal tekshirib chiqiladi.
2. Chizishda, ko‘pincha, qulaylik bo‘lishi uchun ostki yoki ustki asosi tanlab olinadi.
3. Detaining to‘g‘ri burchakli proyeksiyasida koordinata boshi vakoordinata o‘qlari tanlab olinadi hamda aksonometrik proyeksiya o‘qlari o‘tkaziladi. Masalan, 6.6-shakldagi detaining ostki asosining izometriyasini yasash uchun asos qilib olindi.




6.7- shakl, a da suxarning ostki asosining yasalishi ko‘rsatildi. Prizmaning asosi — oltiburchak
6.5-shakl, b dagidek bajarilib, oldidagi qismi 0 dan (6.7-shakl) 01 va 02 masofalar OX o‘q bo‘ylab (6.7- shakl, a) o‘lchab qo‘yiladi, 1 nuqtadan OY o‘qiga parallel chiziq chizib, uni 5, 7, va 6, 9 chiziqlar bilan kesishtiriladi. Hosil bo‘lgan suxarning asosidagi nuqtalardan yuqoriga 0 o‘qiga parallel vertical chiziqlar chizilib, 2A, 3B, 4C, ...masofalami to‘g‘ri burchakli proyeksiyadan o‘lchab qo‘yamiz. Oi, markazli oltiburchak huddi ostidagi 0 markazli oltiburchak kabi yasaladi (6.7-shakl, b). Detal (suxar) chiziqlari 6.7- shakl, d dagidek yog‘onlashtirilib, izometriyasi taht qilinadi.



(6.7-shakl)




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin