II. TOMONLARNING HUQUQLARI
| |
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma
|
yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish huquqiga ega.
|
| |
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida
|
ko‘rsatilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
|
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
|
| |
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
| | | | | | | | | |
| |
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko‘rsatilgan
|
darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berish;
|
| |
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardan
|
foydalanish shartlari va muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
|
| |
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
|
| |
3.2.1. Olingan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarning to‘liq va
|
foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini ta’minlash;
|
| |
3.2.2. Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli holatda
|
Maktabga qaytarish;
| | | | | | | | | | | | | | |
| |
3.2.3. Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar yo‘qolgan yoki keyinchalik
|
foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘lash:
|
| |
birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari
|
uchun — uning bir baravari miqdorida;
| | | | | | | | | |
| |
2 — 4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun —
|
uning ikki baravari miqdorida;
|
| |
5 — 9-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun —
|
uning to‘rt baravari miqdorida.
| | | | | | | | | | | |
|