1. Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/15
tarix11.07.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#136360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2577 28.04.2014




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.91.00 Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv qurollari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining
Qarori
Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2577]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ–362-sonli “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qaror qiladi:
1. Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2009-yil 16-dekabrdagi 53, 115, QQ-19, 05-04-02-sonli “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2064, 2010-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 13-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
14-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
25-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
15-qq-son
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori O. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
08-05-04-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil 20-martdagi 14, 25, 15-qq, 08-05-04-son qaroriga
ILOVA
Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ–362-sonli “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin