3
Yurtimizda tinchlik va barqarorlik
, izchil iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishni
ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini faol himoya qilish, aholi farovonligi va
turmush darajasini oshirish kabi yо‘nalishlar suveren
davlatimizning adolatli va
insonparvar siyosatida doimiy ustuvor bо‘lib kelmoqda. Ular sirasida jamiyatning
ma’naviy yuksalishi va shaxs ma’naviy kamolotiga berilayotgan e’tiborni alohida
ta’kidlash lozim.
Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligidagi ertangi kun egalari bо‘lgan yosh
avlodning ma’naviy va jismoniy kamoloti, zamon
talablariga mos bilim olishi,
kasb-hunar tanlashi, qobiliyati va iqtidorini erkin namoyon qilishi va yanada
rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida ulkan ishlar
amalga oshirilmoqda. Bu о‘rinda 2012 yil “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi
doirasida ham barcha sohalarda qator dolzarb vazifalar belgilanib olindi.
О
‘tgan yillar davomida mamlakatimizning ta’lim sohasida olib borgan
faoliyati yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va
milliy
qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini
mafkuraviy va ma’naviy tahdidlardan
ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy
immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga qaratilgan.
Shu ma’noda ta’lim sohasida ulkan moddiy va ma’naviy yangilanishlarga
erishildi. Umumta’lim muassasalari kapital rekonstruksiyadan chiqarildi va
kо‘plab yangi zamonaviy ta’lim muassasalari qurildi hamda zaruriy о‘quv-
labaratoriya
jihozlari, darsliklar, axborot texnologiyalari va boshqalar bilan
ta’minlandi.
Umumiy о‘rta ta’limning Davlat ta’lim
standartlari tasdiqlandi, о‘quv
dasturlari optimallashtirildi hamda darsliklarning yangi avlodi yaratildi.
Olib borilayotgan ishlarning pirovardida 1995-2010 yillar davomida
о
‘quvchilarmiz xalqaro fan olimpiadalarida matematika, fizika,
biologiya, kimyo,
informatika, rus tili fanlaridan xorijiy davlatlarda о‘tkazilgan xalqaro olimpiada va
tanlovlarda 244 nafar о‘quvchilarimiz ishtirok etib, 20 ta oltin, 49 ta kumush, 88 ta
bronza medallarini qо‘lga kiritdilar.