5
1.
IQTIDOR VA ISTE’DOD HAQIDA TUSHUNCHALAR
Iqtidor – bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi
sifati bо‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada
yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Psixologik lug‘atda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:
1)
iqtidor
bu
–
faoliyatning
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilishini
ta’minlaydigan qobiliyatlarning о‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;
2)
iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va о‘ziga
xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;
3)
iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish
imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi;
4)
iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy
asoslarining о‘ziga xosligi va ularning namoyon bо‘lishi darajalari;
5)
iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun
ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.
Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor
asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan,
tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim,
ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus
qobiliyatlar yotadi.
Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bо‘lib,
muammoning yoki biron-bir masalaning yechimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy
yondashishi bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyat egalari esa biron-bir aniq
(masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat о‘ynash, sport) faoliyat
turiga qobiliyati bо‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal
kо‘radilar. Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni о‘zida mujassam
etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar:
– qiziquvchanligi;
–
doimo turli savollarga javob axtarishligi;
6
– nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;
– erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob о‘qish, matematikaga qiziqishi;
– yuqori darajadagi bilish faolligi va о‘quv faoliyati;
– masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik;
–
tafakkurning unumdorliligi;
Pedagogik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini
inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar — maktabgacha
va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida
kо‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt о‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” о‘ziga
xos xususiyatlarga ega bо‘lib ma’lum bir yо‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu
iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bо‘layotganligiga e’tibor qaratish
kerak bо‘ladi. Aniq namoyon bо‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar
tomonidan e’tibor berilgan qobiliyat “aktual”, atrofdagilar payqamaydigan
qobiliyat “potensial”qobiliyat deyiladi. Kо‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar,
rassom va yozuvchilar (masalan, yosh V.A.Motsart, F.Galton, I.Mechnikov,
K.Gauss, N.Vinner, G.Leybnits, V.Gyugo) erta yoshdayoq о‘zlarining
qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va aksincha kо‘p hollarda bolalikda hech
qanday iqtidorga ega bо‘lmagan bolalar yetuklik davrda muvaffaqiyatlarga
erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga kо‘pincha atrofdagilar e’tibor
bermasliklari mumkin.
Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlidir.
Potensial qobiliyat haqiqatdan ham ma’lum bir vaqtgacha namoyon bо‘lmagandir.
Balki, ota-onalar pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik
harakatlaridagi о‘zgarishlarga yetarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda
buni payqamagandirlar yoki bilimlari yetmagandir. Yoki aksincha, bu narsalarni
tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar,
va hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul
qilganlar.
Boshqa, xususiyatlarni esa qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammamizga
shaxsiy tajribamizdan ma’lumki, tirishqoqlik, itoatkorlik, saranjom-sarishtalik kabi
7
xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi
mustaqillikdan ustun qо‘yadigan ota-onalar, о‘qituvchilar, oliy о‘quv yurtlari
professor о‘qituvchilari, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400 ga
yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi о‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi
maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlandi. Aktual
va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan
prognoz qilish muammosini muhim deb hisoblaydi.
Shaxsning qanday sifatlari va xarakter xususiyatlari, fe’l-atvoridagi va
faoliyatidagi fazilatlari kattalarga kelajakda bolaning buyuk olim, rassom yoki
davlat arbobi bо‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Bu savolga javob
topish birmuncha mushkuldir. Psixologlar bolaning kelajagini “bashorat” qilish
imkonini beradigan qator qonuniyatlarni belgilab berganlar, lekin asoslangan
prognozlar berishga hali erishilgani yо‘q. Shu bilan birga jahon pedagogika va
psixologiyasi sohasidagi tajriba shuni kо‘rsatadiki, bolaning imkoniyatlariga
ishonchning pedagoglar va ota-onalarning mahoratiga yо‘g‘rilganligi mо‘jizalar
sodir etishga qodir. Ba’zi hollarda hayotda insonga tabiat tomonidan berilgan
qobiliyatdan ham kо‘ra u ana shu xususiyatni qanday rivojlantira olgani
muhimdir.
Ulg‘aygan sari bolalarda aqliy salohiyatini о‘sib borishini kuzatish mumkin.
Xayotining birinchi 10 yilligida bolalar aqliy faoliyatining eng qiyin davri, kо‘plab
yangiliklarni о‘zlashtirish, his-hayajonga tо‘la davr bо‘ladi. Bundan tashqari
bolalar yoshligi tufayli nerv sistemasi sezgir bо‘ladi. Hatto oddiy hisoblagan
holatlarimiz ham ularning tez qabul qilishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
Bolalarni iqtidori turli yoshlarda namoyon bо‘ladi. Agar bolaning konkret
rivojlanish vaqti о‘tkazib yuborilsa, bu kelajakda uning iqtidorini rivojiga
tо‘sqinlik qiladi.
Bola iqtidorini sezgan ota-ona va о‘qituvchilar, bunday bolani e’tiborsiz
qoldirmasliklari kerak, chunki kelajakda u о‘zini qandaydir iqtidorini kо‘rsatishi
mumkin.
8
О
‘z tengdoshlaridan ilgarilab ketgan о‘quvchilar qiyinchilik kо‘rmaydi, degan
xayol notо‘g‘ri, bunday bolalarni uyda va maktabda kо‘p qiyinchiliklar kutadi.
Kо‘pincha bolalar ularni aqliy faollashuvi ota– onalarning qо‘rquvi va
bezovtalanishiga sabab bо‘ladi, asosiysi bolalarga buni bildirmaslik kerak. Boshqa
oilalarda bolalariga berilgan iqtidor ularni yaxshi kelajagini ta’minlaydi. Bolalarni
rag‘batlantirishadi va ular bilan g‘ururlanishadi. Bunday bolalarda о‘ziga yuqori
baho qо‘yish va mensimaslik holati yuzaga kelishi mumkin. Iqtidorli bolalarni
о
‘qitishda ehtiyot bо‘lish zarur. Ular atrofdagilarni qо‘llashi va tanqidiga juda
sezgir bо‘lishadi. Oila sharoitida ham iqtidorli bolalarni «g‘alatiroq» hisoblashlari
mumkin.
Shunday qilib iqtidorli bolalar aqliy salohiyatining boshlang‘ich davridayoq
muammolarga duch kelishadi. Ularni nafaqat uyda, balki maktabda ham
tushunmasliklari mumkin. Maktabda ularni boshqa bolalar bilan birga о‘qitilishi,
achinarlisi ular bilgan, ularga endi qizig‘i yо‘q mavzularni о‘qitilishi zeriktiradi.
1-sinfdan ular о‘qish, yozish va hisobni biladilar, boshqa о‘quvchilar alifbe va
hisob – kitobni о‘rgangunga qadar iqtidorli bolalar bekorchi bо‘lib qoladilar.
Albatta xammasi pedagog mahoratiga bog‘lik, lekin qanchalik pedagog alohida
yondashuv bilan butun sinfga dars о‘tmasin, u kuchli о‘quvchilargagina diqqat –
e’tiborini qaratishi qiyin. Aqlli va faol о‘quvchi о‘qituvchining diqqatini berilgan
vazifalarni tez va oson bajarishi bilan qaratib, о‘qituvchi va tengdoshlariga
og‘irligi tushishi mumkin. Bunday о‘quvchilardan kamroq dars sо‘ralishi
kuzatiladi, faolligi kerak emasligini kо‘rgan о‘quvchi boshka predmetlarga
chalg‘ishi bilan о‘qituvchining mamnuniyatsizligini keltirib chiqaradi. Bora – bora
о
‘qishni sevuvchi faol bola maktabda о‘zini ortiqcha sezadi va maktab unga
kerakmasdek bо‘lib qoladi. Muammoning sababi, iqtidorli bola bilimga
chanqoqligi tufayli kо‘proq ma’lumot olishni va kо‘proq dars о‘zlashtirishni
hohlaydi, о‘rta ta’lim maktabi dasturi esa u hohlagan bilimni berishga qodir emas.
Iqtidorli bolalarga alohida yondashilmasa oxir-oqibat о‘rta maktab talabiga
javob beradigan bо‘lib qoladi. Natijada uning mustaqil fikrlashi, bilimga
chanqoqligi va real imkoniyatlari e’tibordan chetda, talabsiz qoladi.
9
Odatda, iqtidorli bolalardan, boshqa bolalarga nisbatan kо‘proq talab qilinadi.
Bunday bolalarda shu davrda tengdoshlari bilan qiyinchiliklar tug‘ilishi,
boshlang‘ich maktabni tugatayotganda boshqa bolalar ularni о‘zlaridan
uzoqlashtirib, hatto xafa qiladigan laqablar ham qо‘yishadi, bunday vaziyatda
iqtidorli bolalar jamoadan ajralib qolmaslik uchun ulardan ortiqroq bilishi va
harakatchanligini kо‘rsatmaydi.
О
‘rta ta’lim maktabida о‘qishga halaqit qiladigan iqtidorli bolalarni asosiy
kо‘rsatgichlaridan biri ular uchun berilgan oddiy vazifalarni bajarmasligi va
о
‘qishga qiziqish yо‘qligidir. Bunday bolalar о‘zlari bemalol о‘zlashtiradigan
mashg‘ulotlarni kimdir boshqarishini hohlamaydilar, hatto boshqarilsa xafa ham
bо‘ladilar.
Iqtidorli bolalarni о‘qitishni birgina yо‘li iqtidorli sinflar yoki maktablarni
tashkil qilinishidadir. Shundagina iqtidorli bolalar maktabni tezroq tamomlab,
tezroq о‘zlari hohlagan oliygohlariga kirishlari mumkin. Bu ularga oldilariga
qо‘ygan maqsadlariga tezroq erishishlariga sabab bо‘ladi. Iqtidorli bolalar о‘z
oldilariga qо‘ygan maqsadlarga erishishi, Vatanimiz kelajagi va ravnaqi uchun
salmoqli hissa bо‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasi kattalarni tarbiya muammolariga
e’tiboriga emas, balki bolalarga berayotgan e’tiboriga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |